» » “Sanderlend” APL bilan rasman xayrlashdi. UzReportda bugun 3 ta jonli o‘yin bo‘ladi

“Sanderlend” APL bilan rasman xayrlashdi. UzReportda bugun 3 ta jonli o‘yin bo‘ladi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasining 35-turiga kelib taqdirga tan bergan ilk jamoa nomi aniq bo‘ldi — “Sanderlend”.

Tayn-end-Uir grafligiga qarashli bo‘lgan mamlakatning eng shimolidagi klub o‘z maydonida “Bornmut”ga imkoniyatni boy berdi. Mavsum yakuniga uch tur bor bo‘lsa-da, endi “Sanderlend” jon saqlab qoladigan pog‘onada turgan “Xall Siti”ga yeta olmaydi.

“Sanderlend”ga o‘z vaqtida “Everton”, “Manchester Yunayted” va “Real Sosyedad” klublariga ustozlik qilgan Devid Moyes boshchilik qilayotgandi. Unga jamoani Chempionship ligadan olib chiqish uchun imkoniyat beriladimi yoki iste’foga chiqariladimi — aniq emas.

Eslatma. Hafta o‘rtasida Rafael Benites “Nyukasl” klubini Premyer-ligaga qaytarishga muvaffaq bo‘lgandi. Benites o‘tgan mavsum klubni APLda olib qola bilmasa-da, “Nyukasl” uni iste’foga chiqarmagandi.

Bugun UzReport telekanali APLning uch uchrashuvini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatadi. Quyida o‘yinlarning Toshkent vaqti ko‘rsatilgan. Olib ko‘rsatiladigan bellashuvlar qoraytirib qo‘yilgan.

Angliya Premyer-ligasi
35-tur o‘yinlari
29-aprel, shanba

Gol: Jeymi Vardi, 43 (0:1).

Gol: Joshua King, 89 (0:1).

Noaniq penalti: Dushan Tadich, 90+1 (S).

Gollar: Eshli Barns, 8 (0:1). Andre Grey, 85 (0:2).

30-aprel, yakshanba
“Manchester Yunayted” — “Suonsi” — 16:00
“Midlsbro” — “Manchester Siti” — 18:05
“Everton” — “Chelsi” — 18:05
“Tottenhem” — “Arsenal” — 20:30

1-may, dushanba
“Uotford” — “Liverpul” — 23:50

Опубликовано: admin (30-04-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют