» » Bollivuddagi taniqli oilalarga kuyov bo‘lgan hind aktyorlari (foto)

Bollivuddagi taniqli oilalarga kuyov bo‘lgan hind aktyorlari (foto)


Bollivudning mashhur aktyorlari nafaqat ko‘rinishi va mahorati bilan, balki nufuzli oilaga kuyov bo‘lgani uchun ham taniqli. Ularning ayrimlari mashhur yulduzlarga kuyov bo‘lgan.

Rajesh Khannaning kuyovi ? Akshay Kumar

Aktyor Akshay Kumar Rajesh Kxanna va Dimpl Kapadiyaning qizi Tvinkl Khanna bilan turmush qurgan.

Juftlik 2001-yil 17-yanvarda oila qurgan. Ularning Aarav ismli o‘g‘li, Nitara ismli qizi bor.  “Qarang, taqdirimga nimalar yozilgan ekan? Men kumirimning qiziga uylandim”, degan edi aktyor intervyulardan birida.

Bachchan oilasining kuyovi ? Kunal Kapur

“Za’faron rangi” filmidan tanish bo‘lgan Kunal Kapur Amitabh Bachchanning jiyani Naina Bachchanga uylandi. Qizig‘i shundaki, juftlikni Amitabhning qizi Shveta Bachchan tanishtirib qo‘ygan. Kunal va Naina to‘ydan oldin taxminan 3 yil uchrashib yurgan.

Tanujaning kuyovi ? Ajay Devgan

“Qarama-qarshiliklar tortishadi” iborasi aynan Ajay Devgan va Kajol juftligi haqida. Ajay Devgan tabiatan og‘ir, bosiq va uyatchan bo‘lib, Kajolni kinoga suratga tushish paytida sevib qolgan. 4 yillik munosabatdan so‘ng ikki yosh 1999-yil 24-fevralda turmush qurdi. Biroq Ajay hech qachon Kajolga bo‘lgan muhabbatini ochiqchasiga bildirmagan. Uning aytishiga ko‘ra, ular hech qachon bir-biriga “Sizni sevaman” deb aytmagan, turmush qurish taklifi ham bo‘lmagan, chunki oila haqida gaplashishmagan. Ammo shunday bo‘lishi muqarrar bo‘lgan.

Randxir Kapurning kuyovi – Saif Ali Xon

Aktyor 13 yillik turmush o‘rtog‘i Amrita Singx bilan ajrashganidan so‘ng italiyalik model Roza Katalano bilan uchrashib yurdi. Karina Kapur esa Shahid Kapur bilan yaqin edi. 2008-yil suratga olingan “Umidsiz” filmi jarayonida Saif va Karina bir-biriga ko‘ngil qo‘ydi va oradan 5 yil o‘tib oila qurdi. Ularning Taymur Ali Xon ismli o‘g‘li bor, hozirda ular ikkinchi farzandining dunyoga kelishini kutmoqda.

Sunil Datt va Nargisning kuyovi – Kumar Gaurav

Rajendri Kumarning o‘g‘li Kumar Gaurav Sunil Datt va Nargisning qizi Namrata Dattga uylangan.

Garchi u Raj Kapurning kuyovi bo‘lishi mumkin bo‘lsa ham. Sababi Rajendra Kumar va Raj Kapur juda qalin do‘st bo‘lgan, ular farzandlari Raj va Rimani unashtirib qo‘ygan edi. Lekin yoshlar unashtiruvni buzdi va Kuma Gaurav Namrata bilan oila qurdi, ularning Sachi va Siya ismli qizlari bor.

Sanjay Xonning kuyovi ? Ritik Roshan

Ritik Roshan Sanjay Xonning qizi Syuzannaga oshiq bo‘lgan. Bollivud aktyori Zayd Xonning singlisi Syuzanna bilan Ritik Roshan 2000-yilda turmush qurdi. Oradan 14 yil o‘tib, ular ajrashishga qaror qildi. Lekin juftlik ajrashgandan keyin ham do‘st bo‘lib qoldi.

Dxarmendraning kuyovi – Vaybxav Voxra

Taniqli aktyor Dxarmendra va Hema Malinining qizi Ahane Deol bilan Vaybxav Voxra oila qurdi.

Kuyov panjob oilasiga mansub va Continental Carries Pvt Ltd kompaniyasining direktori. Ularning nikoh to‘yi 2014-yil 2-fevralda bo‘lib o‘tdi. Ular hozir Dariyen ismli o‘g‘lini tarbiyalamoqda.

Dxarmendra va Hema Malinining yana bir kuyovi – Bxarat Taxtani

Mumbaylik tadbirkor Bxarat Taxtani Hema Malini va Dxarmendraning katta qizi Eshe Deolga uylangan. Ular 2012-yil 29-dekabrda turmush qurgan va ikki nafar farzandi bor.

Prem Chopraning kuyovi – Sharman Joshi

Sharman Joshi taniqli aktyor Prem Chopraning kuyovi.

U kollejda o‘qiyotgan paytdayoq Prerna Chopra bilan uchrashib yurgan va juftlikning nikoh to‘yi 2000-yil bo‘lib o‘tdi. Hozirda ularning Xyana ismli qizi hamda Varyan va Vixana ismli egizak o‘g‘illari bor.

Rishi Kapur va Nitu Singxning kuyovi – Bxarat Saxni

Dehlilik tadbirkor Bxarat Saxni Rishi Kapur va Nitu Singxning qizi Riddxima Kapurga uylangan.

Ular 2006-yil 25-yanvarda oila qurgan. Juftlikning Samara ismli qizi bor.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 08:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют