» » Behzod Musayev iyulda Zangiotadagi YuKShda biror shifokor koronavirusga chalinmaganini aytgandi. Bosh vazir o‘rinbosarining bu so‘zlari haqiqatdan yiroq

Behzod Musayev iyulda Zangiotadagi YuKShda biror shifokor koronavirusga chalinmaganini aytgandi. Bosh vazir o‘rinbosarining bu so‘zlari haqiqatdan yiroq


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev iyul oyi oxirida “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida Zangiota tumanidagi yangi qurilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasi (Zangiota KT YuKSh)da ishlayotgan tibbiyot xodimlarining birortasi koronavirusga chalinmaganini aytgan edi. Intervyu (katta ehtimol bilan 28-iyul kuni yozib olingan va) 29-iyul kuni efirga berilgan edi.

Jurnalistning savollariga javob berarkan, bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev, jumladan, shunday degandi:

“Hozirda 14 kun davomida vaxta tartibida ishlayotgan do‘xtir — bir smenasi o‘tdi, hozir ikkinchi 14 kunlik ish ketyapti — bu yerdagi havo almashtirish tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani uchun, birorta do‘xtir [koronavirus bilan] zaharlangani yo‘q, birorta hamshira kovid kasalligi bilan zaharlangani yo‘q”.

Biroq reanimatolog Farrux Rustamovning vafoti munosabati bilan Chirchiq shahridagi Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tafsilotlari bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevning iyul oyi oxirida “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusidagi so‘zlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ko‘rsatmoqda.

Koronavirusga chalingan Farrux Rustamov tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmagani oqibatida 2-avgust kuni vafot etgan. Chirchiq shahar prokurori Baxtiyor Ibrohimovning ma’lum qilishicha, Farrux Rustamov Zangiotadagi ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida ko‘ngilli sifatida ishlayotganida kasallikni yuqtirib olgan. “Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, Rustamovda koronavirus 23-iyul kuni tasdiqlangan.

Shifokor Farrux Rustamovning koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgani prokuratura organlari e’lon qilgan Toshkent viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tafsilotlaridan ma’lum bo‘ldi. Rustamov vafotidan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Jasorat” medali bilan mukofotlangan. Uning koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgani O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 15-sentabr holatiga ko‘ra rasman tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Zangiotadagi koronavirusga chalingan bemorlarni joylashtirish uchun mo‘ljallab qurilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasi 6-iyuldan boshlab aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlagan. Iyul oyi boshida berilgan xabarlarda umumiy qiymati 504 milliard so‘mlik majmua 2000 o‘ringa mo‘ljallangani ma’lum qilingan edi. Rasmiylar uning quvvatini 3500 o‘ringacha ko‘paytirish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir: O‘limi Toshkent viloyati bosh infeksionistining qo‘lga olinishiga sabab bo‘lgan fuqaro reanimatolog bo‘lgan va u vafotidan so‘ng “Jasorat” medali bilan taqdirlangan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют