» » Bosh vazir orinbosari Zangiotada ish boshlagan yuqumli kasalliklar shifoxonasida birorta ham tibbiyot xodimi koronavirusga chalinmaganini aytdi

Bosh vazir orinbosari Zangiotada ish boshlagan yuqumli kasalliklar shifoxonasida birorta ham tibbiyot xodimi koronavirusga chalinmaganini aytdi


Toshkent viloyati Zangiota tumanida koronavirusni davolash uchun qurib, foydalanishga topshirilgan kop tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida ishlayotgan birorta ham tibbiyot xodimi koronavirusga chalinmagan. Bu haqda Ozbekiston bosh vaziri orinbosari Behzod Musayev Ozbekiston 24 telekanaliga bergan intervyuda malum qildi. Intervyudagi kadrda uning 28-iyul kuni tasvirga olingani koringan. Intervyu 29-iyul kuni efirga uzatilgan.

Behzod Musayevning malum qilishicha, mazkur shifoxonaga koronavirusning ogir shakli bilan kasallanib, statsionar sharoitda davolanishga muhtoj bolgan bemorlar joylashtirilmoqda.

Uning sozlariga kora, birinchi bosqichda shifoxonaning 600 orinli birinchi kompleksi ishga tushirilgan. Ikki hafta avval 600 orinli ikkinchi kompleks ham ish boshlagan. Shifoxonaning uchinchi kompleksi 4 kun avval ishga tushirilgan. Shifoxonadagi tortinchi kompleks 29-iyuldan boshlab bemorlarni qabul qilishga tayyor boladi.

Hukumat vakilining bildirishicha, mazkur shifoxonada jami 3500 nafar bemorni qabul qilish rejalashtirilmoqda. Shifoxonada har bir bemorlar boks palatalarda yotadi, ularning barchasi kislorod bilan toliq taminlangan.

Intervyuda namoyish etilgan taqdimotda esa birinchi kompleks 500 ta, ikkinchisi 550 ta, uchinchisi 423 ta, tortinchisi 100 ta va beshinchi kompleks 590 ta oringa ega ekanligi aks etgan.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi azosi Habibulla Oqilov 28-iyul kuni bolib otgan brifingda mazkur shifoxonaning tortta kompleksi ishga tushganini va hafta oxiriga qadar beshinchi kompleks ham ishga tushirilishini aytgan.

Bosh vazir orinbosari Aziz Abduhakimov ham Ozbekiston 24 telekanaliga mazkur shifoxona haqida malumot bergan. Uning sozlariga kora, shifoxonaning uchta kompleksi ish boshlagan, tortinchi va beshinchi komplekslarni foydalanishga topshirish boyicha ish olib borilmoqda. Aziz Abduhakimovning sozlariga kora, shifoxonadagi orinlar soni mazkur haftada 1700 taga yetadi, keyingi haftada yana 500 ta orin qoshiladi.

Behzod Musayevning bildirishicha, mazkur shifoxonada havo aylanish tizimi yaxshi yolga qoyilgani tufayli birorta shifokor yoki hamshira koronavirus bilan kasallanmagan. Shu bilan birga, shifoxonada 15 kunlik ish faoliyatidan keyin yana ishni davom ettirish istagini bildirgan shifokor, hamshira va sanitar xodimlarga belgilangan 25, 15 va 10 million somga qoshimcha ravishda keyingi davr uchun yana 10 foiz qoshimcha haq tolanishi yolga qoyilgan.

Shuningdek, bemorlarni davolashga jalb qilingan shifokorlarga qoshimcha ravishda har 100 nafar bemorga bir nafar katta tajribaga va ilmiy darajaga ega shifokor va olimlar biriktirilgan. Shuningdek, bu tajriba Toshkent shahridagi COVID-19 kasalligini davolayotgan barcha tibbiyot muassasalarida qollanilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (29-07-2020, 22:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -