» » Rossiyada ikkala ko‘zi ham ojiz erkak haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘ldi

Rossiyada ikkala ko‘zi ham ojiz erkak haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘ldi


Orenburg viloyatida oftalmolog tomonidan ikkala ko‘zning ko‘rligi tashxisi qo‘yilgan fuqaro haydovchilik guvohnomasini oldi. Erkakdan guvohnoma baribir olib qo‘yilgan, hozirda holat yuzasidan viloyat prokuraturasi ish qo‘zg‘atgan, deb xabar beradi Motor.

Erkak ko‘rish qobiliyatining yomonligi sabab 2004-yildan buyon oftalmolog ro‘yxatida turgan, 2018-yilda esa shifokorlar unga ikkala ko‘zning ham ko‘rligi tashxisini qo‘ygan. Biroq bu erkakka o‘sha yilning o‘zida haydovchilik guvohnomasini olishga to‘sqinlik qilinmagan.

Natijada prokuratura sud orqali erkakning haydovchilik guvohnomasini bekor qilishga erishgan, chunki u o‘z nuqsoni sabab o‘zi va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.

Hozirda viloyati prokuraturasi holat yuzasidan tekshiruvlarni boshlagan va nima asababdan ko‘zi ojiz erkakka haydovchilik guvohnomasi berilganini aniqlashga urinmoqda. Shuningdek, “haydovchi” reabilitatsiya vositalari va zarur ijtimoiy yordamlar bilan ta’minlanishiga va’da berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida amerikalik ayolga o‘z rasmi o‘rnida kursi aks etgan haydovchilik guvohnomasi berilgan edi.

Mavzuga doir: Rossiyada xorijiy haydovchilik guvohnomalari bilan ishlash man etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют