» » Gijduvonda xalq talimi mudirasi direktorlarga tahdid qilib, bolalarni masjiddan qaytarishga chaqirdi

Gijduvonda xalq talimi mudirasi direktorlarga tahdid qilib, bolalarni masjiddan qaytarishga chaqirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Gijduvon tumani xalq talimi bolimi mudirasiga nisbat berilgan audioyozuv tarqaldi, deb xabar bermoqda Sof.uz. Unda mudiraning maktab direktorlariga tahdid qilib, bolalarni masjiddan qaytarishga chaqirgani aytilgan.

Barcha direktorlarga! Ozingizning hududingizda masjidlar, juma namozi oqiladigan joylar bor. Barchangizning manaviyatchingiz ertalabdan buvingiznikiga qarab emas, osha masjidlar oldida boladi. Agar masjidlarda birorta oquvchingizni koradigan bolsam, birortangizni kechirmayman. Siz pedagogsiz, siz uni oqituvchisisiz, chiroyli yonaltirib, togri tarbiyalab osha yergacha bormaslik chorasini korishingiz kerak. U yerga borgandan keyin qaytara olmaysiz. Har biringizni shaxsan ogohlantirdim, deb aytilgan audioyozuvda.

Yaqinda Ichki ishlar vazirligi maxsus bayonot berib, Ozbekistonda masjidlarga voyaga yetmagan fuqarolar va bolalarning oz ota, aka-uka va yaqin qarindoshlari hamrohligida namoz oqish uchun erkin kelib-ketishlari mumkinligini eslatib, bunga qonunchilikda hech qanday taqiq mavjud emasligini alohida takidlagan edi.

Buxoro viloyat xalq talimi boshqarmasi tarqalgan ushbu audioyozuv boyicha munosabat bildirdi.

Tuman mudirasi tomonidan pandemiya davrida ananaviy shakldagi faoliyatga otgan va otishi rejalashtirilgan maktablar oquvchilarining salomatligini asrash, ularning xavfsizligini taminlash, odamlar gavjum bolgan joylarda yurishlarining oldini olish, qolaversa, oquvchilarning masjidga otasi, bobosi va yoshi katta yaqin qarindoshi bilan borishi, yolgiz bormasligiga chaqirish maqsadida voyaga yetmagan oquvchi-yoshlarning salomatligini oylagan holda bunday korsatma berganligi aniqlandi.

Uning bu xatti-harakatlarida mamlakatimizda belgilangan diniy erkinlik huquqlariga tosqinlik qilish maqsadi yoq, bu faqat oquvchi-yoshlar xavfsizligini taminlash uchun qilingan ehtiyotkorlikchorasi xolos, deyiladi Buxoro viloyat xalq talimi boshqarmasi munosabatida.

Mavzuga doir:Ozbekistonda masjidlar soni yana bittaga kopayib, 2073 taga yetdi



Manba: Daryo.uz
: admin (15-09-2020, 15:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -