» » Multivarkadan endigina foydalanishni boshlaganlar uchun 5 tavsiya

Multivarkadan endigina foydalanishni boshlaganlar uchun 5 tavsiya


Taom bemaza, ko‘ngildagidek pishmasligi, aparatdan hid chiqishi bilan bog‘liq muammolarning sababi nimada ekaniga to‘xtalib o‘tamiz.

Pishirish uchun noto‘g‘ri vaqtning belgilanishi

Tovuq sho‘rvani 20 daqiqada, go‘shtli raguni yarim soatda tayyor bo‘lishi barcha uy bekalarning orzusi, lekin taom tayyor bo‘lishi uchun vaqt kerak va multivarka ham bundan istisno e’mas. Pishirishdan avval mahsulotlar miqdorini inobatga olish kerak. Qancha ko‘p mahsulot bo‘lsa, qurilmada kerakli bosim bo‘lishi uchun shuncha ko‘?p vaqt kerak bo‘ladi. Bosim baland bo‘lishi esa taomning tez tayyor bo‘lishi uchun asosiy omil hisoblanadi. Shu sabab ham yana qo‘shimcha 5-10 daqiqa vaqtga qo‘yish kerak. Multivarkaning isitish elementlari pas qismida yoki qopqog‘ida joylashgan bo‘ladi shu sabab ham pishishi uchun uzoq vaqt ketadigan mahsulotlarni multivarkaning past qismiga solish kerak.

Suyuqlik solish

Qurilmaning tashqi tarafida maksimal suyuqlik darajasi belgisi mavjud va unga rioya qilish kerak bo‘ladi. Taom tayyorlashda suyuqlikni idishning uchdan ikki qismidan ko‘p quymaslik ammo bo‘tqa yoki donli mahsulotdan taom tayyorlaganda idishni yarimgacha suv solish kerak.

Go‘sht pishirish

Ko‘pgina modellarda gril va qovurish funksiyasi bo‘ladi. Ammo, go‘sht va sabzavotlar mazali pishishi uchun tovaga biroz sariyog‘ solib qovurib olish kerak bo‘ladi. Qiyma va kotletlarni ham shu tarzda pishirish tavsiya qilinadi. Yanada yaxshiroq natijaga erishish uchun esa unga bulg‘ab keyin tovada qovurish kerak. Taom deyarli tayyor bo‘lmaguncha mahsulotlarni aralashtirmang.

Bosimni chiqarish

Multivarkadagi bosimni chiqarib yuborishning ikki xil: tabiiy va tez yo‘li bor. Tez chiqarish uchun klapanni ochib o‘girish kerak, tabiiy esa sekin-asta o‘zi soviydi. Ularning har ikkisining ham farqi bor va qanday taomda qaysi usuldan foydalanish retseptda yozilgan bo‘ladi. Tuxum, sabzavot va baliq singari tez dimlab pishirish mumkin bo‘lgan mahsulotlar uchun bug‘ni tez chiqarish usulidan foydalanish, uzoq vaqt pishadigan go‘sht, loviya va boshqa mahsulotlar uchun esa tabiiy usuldan foydalanish mumkin.

Qopqoqdagi rezinkani yuvmaslik

Pishish jarayonida taomga xos bo‘lmagan hid chiqishi, multivarka qopqog‘ida joylashgan rezinka yuvilmaganidan darak berishi ham mumkin. Taom pishayotgan vaqtda bug‘ni tashqariga chiqib ketmasligi uchun muhim bo‘lgan rezinka silikondan tayyorlangani sabab tez kirlanib, hidlanishi kuzatiladi. Har gal multivarkani ishlatgandan keyin mazkur rezinkani yuvib-tozalash kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют