» » Buyuk Britaniyaning Top universitetlari onlayn ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda

Buyuk Britaniyaning Top universitetlari onlayn ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda


Bepul onlayn ko‘rgazmasida Buyuk Britaniyaning etakchi universitetlari vakillari o‘zbekistonlik yigit-qizlariga Buyuk Britaniyada tahsil olishdagi qulayliklar, mavjud imkoniyatlar va chegirmalar haqida gapirib berishadi.

Chet elda tahsil olishni niyat qilgan yoshlarimizda bir qadar hadik va ko‘plab savollar tug‘iladi. O‘z qiziqishlariga mos universitetni qanday tanlash mumkin? Tahsil to‘lovi qancha va uni kamaytirish yo‘llari bormi? Koronavirus pandemiyasi paytida mashg‘ulotlar qanday o‘tadi? Diplom olingandan keyin viza olib ishlash uchun qolish mumkinmi?

Ushbu va boshqa savollarga Toshkentda, 16-sentabr kuni 14:00 da boshlanadigan bepul onlayn ko‘rgazmasida Buyuk Britaniyani universitetlari vakillari javob beradi. “Buyuk Britaniyada ta‘lim” deb atalgan onlayn ko‘rgazmasi NAVITAS ta‘lim programmalari global operatori tomonidan Universe Group hamkorligida tashkil qilinadi.

Ta‘lim muassasalari etakchi ekspertlariga, to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berib javob olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Onlayn ko‘rgazmada Ishtirok etish uchun, ro‘yxatdan o‘tishingiz shart.

Buyuk Britaniyaning nufuzli universiteti diplomini olishga erishib qanday imkoniyatlarni qo‘lga kiritasiz?

Buyuk Britaniya nufuzli universitetlari dunyo universitetlarining birinchi 500taligiga kirganligi boyiz ularning har birining diplomi nafaqat Buyuk Britaniyada, balki dunyoning boshqa manzillarida ham eshiklarini ochishga imkon beradi. Buyuk Britaniya yildan yilga yuzlab mamlakatlaridan yuksak martabalarda erishmoqchi bo‘lgan talabalarning o‘z uyiga aylanib bormoqda. Buyuk Britaniya universiteti diplomi – sifatli tahsil olganlikni dalili hamda yuksak martabalarga erishuvda tayanchdir.

Universe Group talabalarni Buyuk Britaniyaga tahsil olishga yuborishda qanday masalalarini professional hal etishni o‘z zimmasiga oladi:

Individual yondashuv. Universitet ham, o‘quv programmasi ham talabaning xohishi va potenciali asosida tanlanadi

Amaliy ko‘nikmalarga e‘tibor. Tahsil davomida, talabaning keng amaliy faoliyatida zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni to‘la shakllantirish diqqat markazida bo‘ladi.

Xizmat vizasi. Buyuk Britaniyaga o‘qishga borgan talaba uchun diplom olishdan keyin 2 yillik ish vizasi kafolatlanadi.

Xarajatning qaytarilishi. Agar o‘qishga borish uchun viza biror sababga ko‘ra berilmasa (bunday hol juda kam uchraydi), qilingan xarajatlar qaytarilib berilishi kafolatlanadi.

Buyuk Britaniya talabalik muhiti. Buyuk Britaniya universitetida talaba bo‘lish yuz yillar mobaynida shakllangan talabalik muhitiga chuqur kirib borish imkoniyatini beradi.

Universe Group - bu dunyodagi o‘nlab nufuzli universitetlarni rasman O‘zbekistonda namoyish etadigan chet el ta‘lim sohasidagi yirik konsalting kompaniyasi.

Kompaniya yosh tadbirkorlar tomonidan 2015-yilda, ta‘lim sohasida xalqaro miqyosda provayder tashkil etish va shuning barobarida katta maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan yoshlarga yordam berish maqsadida yaratilgan edi. Bugungi kunga kelib, kompaniya 9 mamlakatning 42 universitet bilan hamkorlik qiladi. Kompaniyani hamkorlari soni yildan yilga oshib bormoqda.

Batafsil ma‘lumot uchun: (+998) 71?238?94?25, (+998) 95?197?81?97.

Onlayn ko‘rgazmada katnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish

Toshkentdagi bosh ofis: Amir Temur ko‘chasi, 107 B uy Xalqaro Hamkorlik Markazi

Samarqandagi ofis: Samarqand sh. Mahmud Kashgari, 49, “Hamkor Business Center”

Sayt: universegroup.uz

Facebook: fb.com/universegroupeducation

Telegram: t.me/universe_group

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют