» » YouTube TikTok’ga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan servisni ishga tushirdi

YouTube TikTok’ga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan servisni ishga tushirdi


YouTube videoxostingi “YouTube Shorts” ? qisqa video xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda YouTube’ning rasmiy blogida xabar berildi.

Ushbu yangi xizmat turi TikTok singari 15 soniyalik videolarni suratga olish imkonini beradi. Shuningdek, videoga musiqani YouTube’dan  yuklash mumkin.

Hozircha ilova Android operatsion tizim foydalanuvchilari uchun mavjud, keyinchalik iOS operatsion tizimidagi qurilma egalari uchun ham ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xizmat sinov uchun dastlab faqat Hindistonda ishlaydi. 2020-yilning iyun oyi oxirida mamlakat rasmiylari tomonidan TikTok va boshqa bir qator Xitoy dasturlari, shuningdek, WeChat ijtimoiy tarmog‘i, UC brauzeri hamda “Clash of Kings” o‘yini taqiqlangan edi. Hukumat o‘zining ushbu qarorini dasturlarning vazifasi mamlakatning mustaqilligi va yaxlitligiga zarar yetkazishi, jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solishi bilan izohlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют