» » Toshkent yerusti halqa metrosi ostida do‘konlar va umumiy ovqatlanish punktlari paydo bo‘ladi

Toshkent yerusti halqa metrosi ostida do‘konlar va umumiy ovqatlanish punktlari paydo bo‘ladi


Toshkent yerusti halqa metro liniyasi ostidagi yer uchastkalari auksionga qo‘yiladi. U yerda kafe, restoran va do‘konlardan iborat obodonlashtirilgan joylar paydo bo‘ladi, yo‘llarning kengaytirilishi hisobiga esa sayr qilish zonalari va velosiped yo‘laklari quriladi. Bu haqda Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulovga tayanib, “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Do‘stlik-2” va “Qo‘yliq” stansiyalari orasidagi barcha hudud to‘liq obodonlashtiriladi va zaruriy infratuzilma bilan ta’minlanadi.

“11 kilometrdan ortiq joyni 6 ta lotga bo‘lib chiqdik. Buning natijasida 153 161 kvadrat metrli joylar hosil bo‘ldi. Zamonaviy metroga mos do‘konlar qurilishi kerak, shu sababli bu yerda turli ko‘rinishdagi kichik do‘konchalar bo‘lmaydi. Barchasi Ohangaron shossesidan Rohatgacha bo‘lgan yagona konsepsiya asosida quriladi”, — deydi tuman hokimi.

Ohangaron shohko‘chasi bo‘ylab esa parallel avtoturargohga ega 10 metrli alohida avtomobil yo‘llarini qurish rejalashtirilgan. Shuningdek, yo‘lning qarama-qarshi tarafida sayr qilish va veloyo‘laklar uchun ham 10 metrli yangi yo‘l polotnosi ajratiladi.

Hokimning qo‘shimcha qilishicha, aholi, tadbirkor va investorlardan kelib tushadigan talab hamda ehtiyojlarga qarab bu yerdan o‘rin oladigan savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish muassasalari foizlari hisoblab chiqiladi. Lotlarning barchasi auksion orqali sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, 29-avgust kuni Toshkent metrosi Yunusobod yo‘nalishida yangi ikki stansiya — “Yunusobod” va “Turkiston” ish boshlagan edi, 30-avgust kuni tongdan esa “Do‘stlik-2” va “Qo‘yliq” stansiyalari oralig‘idagi yangi yerusti metro yo‘li ishga tushdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi yangi qurib bitkazilgan bekatlarini borib ko‘rdi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют