» » Hyundai “sovundon-mashina”ni yig‘ish jarayonini namoyish etdi. Uni istalgan odam bajara oladi

Hyundai “sovundon-mashina”ni yig‘ish jarayonini namoyish etdi. Uni istalgan odam bajara oladi


Hyundai kompaniyasi “sovundon” deya tarjima qilinuvchi Soapbox loyihasiga oid yangi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. U mustaqil ravishda yig‘ilgan motorsiz mashina ko‘rinishiga ega. Marka vakillarining so‘zlariga ko‘ra, uni istalgan odam yig‘a oladi, deb yozadi Motor.

XX asrning birinchi yarmida Yevropa va AQShda Soapbox Derby nomli ommaviy ermak o‘yin paydo bo‘lgan bo‘lib, u “sovundonlar poygasi” deya tarjima qilinadi. Unda hech qanday dvigatel yoki tepkilar o‘rnatilmagan, qo‘lbola korobkalar yordamida tepalikdan kim birinchi tushish bo‘yicha bellashuv o‘tkazilgan. Hyundai “sovundoni” ham aynan shu kabi ko‘ngilxushlikka mo‘ljallangan.

Uni yig‘ishga Hyundai Motor Europe Texnik markazi mutaxassislari javobgar bo‘lgan. Detallarning aksariyat qismi yog‘ochdan ishlangan. Ular metall kronshteyn va vintlar yordamida o‘zaro qotiriladi. Rul o‘rnini xuddi velosipeddagi kabi bir juft tutqich egallagan; g‘ildiraklar bog‘ aravasiniki. Shuningdek, oddiy tormoz mexanizmi ham mavjud.

“Sovundon” uzunligi yig‘ilgan holda 1,76 metrga yetadi, eni esa bir metr. Kuzov Hyundai’ning sariq rangiga bo‘yalgan.

Avvalroq Hyundai Palisade egalari ommaviy ravishda salondagi eski paypoq hididan shikoyat qilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Hyundai noodatiy shou-karlar seriyasini ishlab chiqarishni boshlaydi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют