» » O‘zbekistonda 15-sentabr kuni 570 kishida koronavirus aniqlandi. Yetti bemor vafot etdi

O‘zbekistonda 15-sentabr kuni 570 kishida koronavirus aniqlandi. Yetti bemor vafot etdi


O‘zbekistonda 14-sentabr soat 23:30 dan 15-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 570 ta holat qayd etildi. Bu so‘nggi 6 kun ichidagi eng past ko‘rsatkich. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 48565 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,17 foizi 15-sentabrga to‘g‘ri keldi.

Yangi kasallangan 570 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 9 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. Oxirgi 8 kunda kunlik kasallanish holatlari nazorat ko‘rsatkichidan baland bo‘lmoqda.

Toshkent shahrida 366 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda sentabr oyida eng kam kasallik aniqlangan kunda 109 ta (3-sentabr), eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda 510 ta (11-sentabr) yangi holat ro‘yxatga olindi. Sentabrning 15 kunida Toshkentda kasallanganlar soni 3987 nafarga ko‘paydi. SSV jadvalidagi 14 ta hududdan 12 tasida epidemiya mavsumida hali buncha bemor aniqlanmagan. Hozirda Toshkentda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 29539 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 60,8 foizi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Toshkent viloyatida 10-sentabr kuni 186 kishida COVID-19 aniqlanganidan so‘ng kunlik kasallanish holatlari pasaymoqda: 11-sentabrda 182, 12-sentabrda 162, 13-sentabrda 143, 14-sentabrda 130 va 15-sentabrda 128 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabrda Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 1808 nafarga ko‘payib, umumiy kasallanganlar soni 9013 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 18,55 foiziga tengdir.

Namangan viloyatida 30 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabr oyining 11 kunida Namanganda yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Bu kunlarda Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 160 kishiga ko‘paydi. Viloyatda kasallanganlar soni 1069 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 2,2 foizi Namangan viloyati hisobiga to‘g‘ri keladi.

Andijon viloyatida 16 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda 13 kundan buyon uzluksiz ravishda kasallanish holatlari qayd etilmoqda. Ushbu 13 kun ichida viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 148 nafarga ko‘paydi va Andijonda kasallanganlarning umumiy soni 1358 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 2,8 foizi Andijon viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Samarqand viloyatida 12 kishida koronavirus aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda faqat 2, 8 va 14-sentabr kunlari yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi. Oy davomida kasallanganlar soni 251 nafarga ko‘paydi. Samarqandda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1969 nafarga yetdi. Viloyatda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida Jomboy, Payariq, Urgut va Nurobod tumanlarining o‘zida koronavirusga test topshirgan kamida 180 nafar maktab xodimida COVID-19 qayd etilgan.

SSV Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. Shuningdek, 11-sentabr kuni vafot etgan IIV podpolkovnigi hamda 15-sentabr kuni olamdan o‘tgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi koronavirus asoratlaridan vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli N.Q. ismli erkak vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 42 yoshli O.B. ismli ayol vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Ichki ishlar vazirligi qoshidagi 2-sonli Toshkent akademik litseyi direktori lavozimida ishlagan podpolkovnik Pardiyev Abdurahmon Azizovich 11-sentabr kuni 52 yoshida vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu o‘lim holati koronavirus asoratlari oqibatida yuz berganini hozircha tasdiqlagani yo‘q.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashagan 70 yoshli M.E. ismli ayol vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashagan 66 yoshli T.X. ismli ayol vafot etgan.

Oltinchi o‘lim. Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonov 15-sentabr kuni 45 yoshida vafot etdi.

O‘zbekiston Oliy sudi jamoasi jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonovning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga ta’ziya bildirgan.

“Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, Shavkatjon Shodmonov koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgan. Ushbu o‘lim holati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha axborot bergani yo‘q.

Yettinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 72 yoshli A.R. ismli erkak vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 403 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 420 nafarni tashkil etmoqda.

SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3104 nafar bemordan 483 nafari og‘ir, 245 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

15-sentabr kuni O‘zbekistonning 8 ta hududida 532 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bu so‘nggi 18 kun ichida eng ko‘p bemor sog‘aygan kun bo‘ldi.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 48 565 nafar bemordan 45 058 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda. Besh kundan buyon bu boradagi ko‘rsatkich o‘zgargani yo‘q. Ammo 5—9-sentabr kunlari davolanish ko‘rsatkichi pandemiya davrida ilk marta 94 foizga chiqqandi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют