» » Markaziy bank raisi: 2023-yilga borib Ozbekistonda kredit foiz stavkalari 5-10 foizga tushishi mumkin

Markaziy bank raisi: 2023-yilga borib Ozbekistonda kredit foiz stavkalari 5-10 foizga tushishi mumkin


Ozbekistonda 2023-yilga borib kredit foiz stavkalari 5-10 foizga tushishi mumkin. Buning uchun inflyatsiya darajasi 5 foizga tushishi kerak boladi. Bu haqda Ozbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi MamarizoNurmurodovOzAga bergan intervyusida malum qildi.

Markaziy bank rahbarining sozlariga kora, Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foiz etib belgilangani kredit foiz stavkalarining pasayishida muhim omil bolmoqda. Milliy valyutadagi kreditlar boyicha ortacha tortilgan foiz stavkalari 20,6 foizgacha pasaydi.

Xususan, yuridik shaxslar kreditlari boyicha foiz stavkalari 2020-yil boshidagi 24,3 foizdan 19,5 foizgacha, jismoniy shaxslar kreditlari boyicha esa yil boshidagi 28,1 foizdan 22,3 foizgacha pasaydi. 5-10 foiz bolishi uchun inflyatsiya 5 foizga tushishi kerak boladi. Balki, 2023-yilga borib, ana shunday natijaga erisharmiz, dedi Mamarizo Nurmurodov.

Qayd etilishicha, koronaviruspandemiyasi dunyodashiddat bilan tarqalgani iqtisodiyotga oz tasirini otkazmay qolmadi. AynivaqtdaOzbekistondagi bank mijozlar qolidagi 26,5 trillion somlik kreditning 19 trillioni yuridik shaxslarga tegishli bolsa, qolgani aholiga berilgan. Pandemiya munosabati bilan kredit olgan 85 foiz jismoniy shaxslarning tolov muddati uzaytirilgan. Agarda1-oktabrdankarantin holati yumshab, iqtisodiy faollik tiklansa, banklar mijozlar bilan hisob-kitob otkazadi. Biroq korxona faoliyati tiklanmagan bolsa, banklar ularga alohida yondashadi.

Malum qilinishicha, 2020-yilning sakkiz oyida tadbirkorlik subyektlariga ajratgan kreditlari qoldigi 40,7 trillion somga (24,2 foiz) va aholiga ajratilgan kreditlar qoldigi 10 trillion somga (25,3 foiz) osganligini korish mumkin.

Mamarizo Nurmurodovning bildirishicha, Ozbekiston oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga etibor qaratilmoqda. Kam taminlangan, iqtisodiy ahvoli ogirroq bolgan aholi qatlamiga kredit ajratish borasida davlat dasturi belgilangan. Unga kora, 50 million somgacha mablag hech qanday garovsiz, sektorlar tavsiyanomasi bilan beriladi.

Bu tizim 2018-yilda boshlagan bolib, hozirgacha 9,5 trillion somlik kreditlar ajratilgan. Bu mablagdanbir millionnafarga yaqin aholi foydalandi. Tizimni rivojlantirish uchun davlat hisobidan bu yil ham 2 trillion somga yaqin qoshimcha mablag ajratilgan. Yil oxiriga qadar yana bir trillion som yonaltirish moljallangan.

Markaziy bank raisining sozlariga kora, bu pullar hammaga yetmasligi mumkin. Ammo koproq mablag ajratilmayotganining oziga yarasha sabablari bor. Misol uchun, otgan yillarda berilgan kreditlarning asosiy qismi 2020-yilning 1-oktabrigacha bolgan muddatda qaytishi kerak edi. Ammo ularga yana imtiyoz berishga majbur bolindi. Agar pandemiya davom etsa, eski kreditlarni uzaytirish, yangilarini berishda qiyinchilik bolishi mumkin.

Shuningdek, Mamarizo Nurmurodov issiqxona va chorvachilik yonalishlaridagi kreditlar masalasida berilgan savollarga ham javob bergan. Bu turdagi kreditlarda mablagni naqd pul shaklida emas, qaysidir firmalarga otkazish qator savollarni yuzaga chiqarmoqda. Misol uchun, bunday amaliyot tufayli 5 million somlik qoramol narxi 10 million somga aylanib qolmoqda.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida eng asosiy va kop kreditlar aynan shu ikki yonalishda berilmoqda. Togri, bu holatda istemolchi sifatida siz haqsiz. Qoramolni arzon olishga ham haqlisiz. Lekin jarayonga makroiqtisodiy nuqtayi nazardan ham qarashimiz shart. Kopchilik yaxshi eslaydi, 2016-yilda qoramolchilik, parrandachilik, limonchilikni rivojlantirish uchun aholiga kop miqdorda kreditlar berildi. Shunda aynan qoramol xaridi uchun 2,7 trillion somajratilgan edi. Songra gosht va qoramol narxi keskin oshib ketdi. Chunki mavjud qoramollarning malum egasi bor. Siz yangi qoramol egasi bolmoqchisiz, lekinqoramol sonikopaygani yoq. Bu oz-ozidan narxlarni oshishiga olib keldi. Shu sababli biz viloyat hokimliklariga tuyoq sonini kopaytirgan holda aholiga kredit berishni talab qildik.

Naqd pul shaklida ham beriladigan kreditlar bor. Misol uchun, vodiy viloyatlarida kasanachilar, hunarmandlar kop. Doppidozlar, kashtachilarga kreditni naqd pul shaklida beramiz. Yani kartochkaga tushirib beriladi. Nonvoylarga kreditning30 foizinaqd pulda, qolgani plastik kartochkaga tashlab berilmoqda. Bunday shaxslar berilgan tavsiyanomada faoliyatining malum qismi bozorda naqd pul bilan bogliq ekani korsatiladi, deya malum qilgan Markaziy bank rahbari.

Mavzuga doir:Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirib, 14 foiz etib belgiladi



Manba: Daryo.uz
: admin (16-09-2020, 06:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ...