» » Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirib, 14 foiz etib belgiladi

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirib, 14 foiz etib belgiladi


Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 1 foizga pasaytirib 14 foiz etib belgiladi. Bu haqda 10-sentabr kuni Markaziy bank boshqaruvi yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Telegram’dagi “Bakiroo” kanali yurituvchisi Otabek Bakirovning yozishicha, bundan 2-3 yil avval, islohotlarning boshida 28.06.2017 — 24.09.2018-yil davrida qayta moliyalash stavkasi 14 foiz edi.

Maqbul foizlar siyosati doirasida, agar bu siyosat bekor qilinmasa, milliy valyutadagi kredit va depozitlar bo‘yicha foizlar koridorini ham ham 1 foiz bandiga pasayishini kutish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank boshqaruvining 14-apreldagi qarori bilan asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilangan edi. Iyun oyida esa Markaziy banki asosiy stavkani pasaytirishi haqida xabarlar tarqaldi, biroq 11-iyun kuni asosiy stavka bo‘yicha qaror qabul qilingan va u 15 foiz miqdorida o‘zgarishsiz qoldirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют