» » Osiyo taraqqiyot banki 2020-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 0,5 foizgacha pasayishini prognoz qildi

Osiyo taraqqiyot banki 2020-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 0,5 foizgacha pasayishini prognoz qildi


Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan e’lon qilingan yangi hisobotga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi, talabning sustligi, sanoat ishlab chiqarishi va xizmatlar sohasidagi pasayish natijasida 2020-yil O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sishning yanada pasayishi kutilmoqda. Bu haqda OTB matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Osiyo taraqqiyot bankining yetakchi yillik iqtisodiy nashri hisoblangan Asian Development Outlook 2020’ga kiritilgan yangi ma’lumotlarga muvofiq, OTB 2020-yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishini 0,5 foiz darajasida prognoz qilmoqda va bu iyun oyidagi 1,5 foiz darajasidagi prognozga nisbatan pasayish hisoblanadi. Biroq 2021-yilda YaIM 6,5 foizgacha ko‘tarilishi kutilmoqda va bu prognoz 2020-yilda qilingan prognozga mos keladi.

“Bizning hisobotimizda bu yil o‘sishning pasayishi taxmin qilinayotgan bo‘lsa-da, xizmatlar va sanoat sohalarida kutilayotgan o‘sish natijasida 2021-yilda qayta tiklanish kutilmoqda. Mamlakat pandemiyani eng qisqa vaqt ichida yengishi va iqtisodiyotni tiklashini ta’minlash uchun biz kasallikning ijtimoiy va iqtisodiy hamda sog‘liqqa bo‘lgan ta’sirini kamaytirish borasida O‘zbekiston xalqini qo‘llab-quvvatlab, yordam berib kelmoqdamiz”, — deydi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Sindi Malvichini.

Bankning inflyatsiya prognozlari o‘zgarishsiz qolmoqda — 2020-yilda 13 foiz va 2021-yilda 10 foiz. Pandemiya bilan bog‘liq uzilishlar 2020-yilning dastlabki 7 oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida inflyatsiyani oshirdi, biroq bu davrda boshqa tovar va xizmatlar narxlari inflyatsiyasi sekinlashdi. Shu bilan birga, 2019-yilga nisbatan O‘zbekiston so‘mining AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishi 2019-yilning birinchi yarmidagi 2,5 foizdan 2020-yilda 6,7 foizgacha ko‘tarildi.

Sayohatlarga qo‘yilgan cheklovlar va Rossiyadagi holat sababli pul o‘tkazmalarining qisqarishi hamda tabiiy gaz, misga bo‘lgan talab va narxlarning pasayishi sababli tovarlar eksporti 19,7 foizga pasaydi. Natijada O‘zbekistonning joriy hisob defitsiti 2020-yilning birinchi yarmida YaIMning 7,7 foiziga teng bo‘ldi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 6,8 foizni tashkil etgan.

Ta’minot zanjiridagi uzilishlar tovarlar importining 14,1 foizga qisqarishiga olib keldi hamda qurilish va sanoat mollari importida sezilarli pasayish kuzatildi. Xizmatlar eksporti 38,6 foizga, importi esa 28,4 foizga pasaydi. Eksport va pul o‘tkazmalaridagi zaiflik davom etayotgan sharoitda bank joriy hisob defitsitining 2020-yilda oshishini va 2021-yilda eksport va pul o‘tkazmalarining tiklanishi natijasida qisqarishini prognoz qilmoqda.

Avvalroq Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2020-yilda 1,5 foizga o‘sishini taxmin qilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy banki ham YaIMning o‘sishi 2020-yilda 1,5 foizgacha pasayishini kutmoqda. O‘zbekistonning prognozlari S&P Global Ratings kredit reytingi prognozida “barqaror”dan “salbiy”ga o‘zgardi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda birinchi marta aholi jon boshiga YAIM miqdori pasaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют