» » Osiyo taraqqiyot banki so‘m devalvatsiyasi tufayli O‘zbekiston bo‘yicha prognozini o‘zgartirdi

Osiyo taraqqiyot banki so‘m devalvatsiyasi tufayli O‘zbekiston bo‘yicha prognozini o‘zgartirdi


Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari O‘zbekiston bo‘yicha o‘z prognozini qayta ko‘rib chiqdi, deb yozadi Spot tashkilotning 26-sentabr kuni e’lon qilingan hisobotiga tayanib.

Tashkilotdagilarning endigi fikriga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2018-yilda 4,9 foizga o‘sadi. Bahordagi prognoz esa 5,5 foizga teng edi.

Pasayishning asosiy sabai — o‘tgan yilgi so‘m devalvatsiyasining uzoq davom etgan oqibatlari. OTB 2019-yilgi prognozni ham qayta ko‘rib chiqib, uni 5,6 foizdan 5 foizgacha tushirdi.

Bank, aksincha, Qozog‘iston YaIM o‘sishi bo‘yicha prognozni 2018-yilda 3,2 foizdan 3,7 foizgacha, 2019-yilda 3,5 foizdan 3,9 foizgacha oshirdi.

Tojikiston bo‘yicha prognoz o‘zgarmadi (2018-yilda 6 foiz va 2019-yilda 6,5 foiz), Turkmaniston bo‘yicha biroz pasaydi (2018-yilda 6,5 foizdan 6,2 foizgacha va 2019-yilda 6,7 foizdan 6 foizgacha).

Qirg‘izistonda esa prognozning pasayishi keskin bo‘ldi — 2018-yilda 3,5 foiz o‘rniga, endi 2,5 foiz o‘sish prognoz qilinmoqda. 2019-yil uchun prognoz o‘zgarmadi — 4 foiz.

Inflyatsiya borasida OTB prognozi o‘zgarishsiz qoldi — 2018-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 16, 2019-yilda — 14 foizni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют