Samarqandda koronavirusga qarshi spirtli ichimlik ichgan mast haydovchi javobgarlikka tortildi
Samarqand shahar YHXB xodimlari tomonidan 13-sentabr kuni reyd tadbirlari o‘tkazildi. Unda bir qancha haydovchilik guvohnomasi yo‘q va mast holda avtomobil boshqargan haydovchilar aniqlandi, deya xabar bermoqda YHXBB.
Reyd davomida spirtli ichimlik ichganlikda gumon qilingan haydovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda haqiqatan ular mast ekani aniqlangan.
Nima uchun spirtli ichimlik ichdingiz, degan savolga haydovchilardan biri xato qilganini aytib, uzr so‘ragan. “Ko‘p ichganim yo‘q. 50 gramm aroq ichdim koronavirusga qarshi. Men yomon ish qilganim yo‘q”, – deydi yana bir haydovchi.
Mast holda ekani aniqlangan haydovchilar qonunda belgilangan tartibda jazoga tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yil yanvar oyidan avgust oyigacha 3 596 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Shundan 2,4 foiz YTH mast holda avtotransportni boshqarish tufayli sodir bo‘lgan.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
