» » Jizzaxda mast haydovchi YPX xodimining bodikamerasini olib, uloqtirib yubordi

Jizzaxda mast haydovchi YPX xodimining bodikamerasini olib, uloqtirib yubordi


Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida mast holatdagi haydovchi YPX xodimiga qarshilik ko‘rsatib, uning bodikamerasini uloqtirib yubordi, deb xabar bermoqda YHXBB.

Qayd etilishicha, 2020-yil 21-avgust kuni kechki soat 20:00 lar atrofida Mirzacho‘l tumani O‘zbekiston ko‘chasida YTH sodir bo‘lgani xabar qilingan. “VAZ 2121” avtomashinasi bilan Lada 2107 avtomashinasi YTH sodir qilgani aniqlangan.

Inspektorlar har ikki avtomobil haydovchisini spirtli ichimlikda gumon qilib, vrach-narkolog ko‘rigiga olib bormoqchi bo‘lgan. Yo‘lda “VAZ 2121” haydovchisi hojatga chiqishini aytib, mashinani to‘xtatishni so‘ragan.

“Mashinadan tushgan haydovchi vrach-narkolog ko‘rigidan bosh tortib, bizga faol qarshilik ko‘rsata boshladi. Shu orada mening bodikameramni qo‘li bilan yulib olib, uloqtirib yubordi. Shundan keyin qonuniy tartibda biz haydovchini vrach-narkolog ko‘rigiga olib borish uchun tezkor tergov guruhini chaqirdik”, – deydi Mirzacho‘l tumani IIB YHXB inspektori Abror Alimqulov.

Vrach-narkolog ko‘rigidan so‘ng, inspektorlarga qarshilik ko‘rsatgan haydovchi spirtli ichimlikdan mast ekanligi aniqlangan.

Ma’lumot uchun, mast holda transport vositasini boshqarish Ma’muriy javobgarlik kodeksining 131-moddasiga binoan transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil-u olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilish, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 13) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют