» » Margilon shahar tibbiyot birlashmasi boshligi Avazbek Ganiyev vafot etdi

Margilon shahar tibbiyot birlashmasi boshligi Avazbek Ganiyev vafot etdi


Fargona viloyati Margilon shahar tibbiyot birlashmasi boshligi Avazbek Madaminovich Ganiyev 15-sentabr kuni vafot etdi. Bu haqda Facebookda xabar qoldirgan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidovning yozishicha, Ganiyev qon bosimi kotarilishi va miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etgan.

Avvalroq viloyat Sogliqni saqlash boshqarmasi va Fargona viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi Avazbek Ganiyevning koronavirusga chalingani haqidagi xabarlarni rad etgan, viloyat hokimligi axborot xizmati esa uning pnevmoniya xastaligi va yuqumsiz bolgan boshqa hamroh kasalliklar bilan Margilon shahar tibbiyot birlashmasi shifoxonasida davolanayotganini malum qilgandi.

Avazbek Madaminovich Ganiyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor Ganiyevning otasi, Fargona viloyati hokimi Shuhrat Ganiyevning ukasi edi.

Avvalroq Andijon viloyati Andijon tumani tibbiyot birlashmasi boshligi, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori, Qashqadaryo viloyat Sogliqni saqlash boshqarmasi boshligi orinbosari koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-09-2020, 10:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -