» » Oleg Malginov Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlanadi

Oleg Malginov Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlanadi


Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash departamenti boshlig‘i Oleg Malginov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga tayinlanadi. Bu haqda Rossiya davlat dumasidagi manbasiga tayanib, “Sputnik.tj” xabar berdi.

“Oleg Malginovni O‘zbekistondagi elchimiz etib tayinlaymiz. U hozirda Tashqi ishlar vazirligining Xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlamoqda. Endi u O‘zbekistonga jo‘naydi”, deyiladi xabarda.

Manbaning ta’kidlashicha, Malginov nomzodi tasdiqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Malginov diplomatiya sohasida 1979-yildan beri faoliyat yuritib keladi. 1979—1983-yillar davomida sobiq ittifoqning Hindistondagi elchixonasida ishlagan. 1993-yilgacha esa avval Sobiq ittifoq, keyinchalik esa Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Inson huquqlari departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimini egallagan.

Malginov 1994—1999-yillarda Rossiyaning BMTdagi va Jenevadagi boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonasi yetakchi maslahatchisi, keyinchalik esa Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro insonparvarlik hamkorligi va inson huquqlari departamenti direktori o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Diplomat 2003-yildan 2006-yilgacha Rossiyaning Bangladeshdagi elchisi, 2011—2016-yillarda esa Ruminiyadagi elchisi lavozimlarini egallagan.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimini 2009-yil noyabrdan beri Vladimir Tyurdenev egallab kelmoqda.

Mavzuga doir: Yuriy Stoyanov O‘zbekistonning Rossiyadagi turistik brendi elchisi etib tayinlandi

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Botirjon Asadov O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi etib tayinlangandi. Botirjon Asadov tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. U turli yillarda O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari vazifalarida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют