» » Apple’ning hamyonbop “aqlli” soati — Watch SE taqdim etildi

Apple’ning hamyonbop “aqlli” soati — Watch SE taqdim etildi


Apple “aqlli” soatlarning arzon variantini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Apple Watch SE — bu Series 6 ekrani va korpusiga ega u qadar qimmat bo‘lmagan soat bo‘lib, protsessori S5 avlodiga tegishli. U o‘zida oldingi soatlarning zamonaviy funksiyalarini mujassam etgan, biroq qondagi kislorod miqdorini o‘lchaydigan datchikka ega emas.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “aqlli” soatlar Apple Watch Series 5’dagi muntazam faol displey rejimini qo‘llab-quvvatlamaydi — funksiyalar ro‘yxatida bu haqda hech narsa deyilmagan.

Shu bilan birga, Watch SE Apple lineykasidagi eng arzon soatga aylanmadi, uning narxi — 325 dollar. Hozirda sotuvda bo‘lgan Watch Series 3’ni esa 233 dollarga xarid qilish mumkin.

Avvalroq Apple’ning “aqlli” soatlari avtomobil eshigini ochish va uni o‘t oldirishni o‘rganib olishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Nima sababdan hozir iPhone 11 sotib olmagan ma’qul?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют