» » Qonliko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi. Avvalgi hokim koronavirusdan vafot etgandi

Qonliko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi. Avvalgi hokim koronavirusdan vafot etgandi


15-sentabr kuni xalq deputatlari Qonliko‘l tumani kengashining navbatdan tashqari o‘n uchinchi sessiyasida Abu-Bakir Ibragimov nomzodi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi xabar berdi.

Abu-Bakir Ibragimov turli yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi yuridik shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi boshlig‘i, Nukus shahri hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Nukus shahri hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Shu vaqtgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Qonliko‘l tumanining avvalgi hokimi Daulet Tolibayev 2020-yilning iyul oyida koronavirus oqibatida vafot etgandi, o‘shanda Sharap Ospanovga tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgandi.

Mavzuga doir: Piskent tumaniga yangi hokim va sektor rahbarlari tayinlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют