» » Bill Geytsning otasi vafot etdi

Bill Geytsning otasi vafot etdi


Amerikalik advokat, filantrop va Microsoft korporatsiyasi asoschisining otasi katta Bill Geyts 95 yoshida Sietl yaqinida uyida vafot etdi. Bu haqda kichik Bill Geyts o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

The New York Times’ning yozishicha, katta Geyts Alsgeymer kasalligidan aziyat chekib kelgan.

“Otamning o‘limi — oilamiz va uning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab insonlar uchun og‘ir judolik. Otam uzoq va favqulodda sermazmun hayot kechirdi. Hech qachon undan donolik, mehribonlik va kamtarlikni o‘rganishni to‘xtatmaganman. Melinda ikkimiz uning oldida qarzdormiz, chunki uning jamiyatga xizmat qilishga bo‘lgan intilishlari shaxsiy xayriyamizni ochimizga ilhomlantirgan. Ko‘p bora aytganimdek, otam haqiqiy Bill Geyts edi. Otam men unga o‘xshashga harakat qilayotgan inson edi”, — deb yozadi milliarder.

Mavzuga doir: Bill Geyts Uorren Baffettning 90 yoshga to‘lishi munosabati bilan uning portreti tushirilgan tort pishirdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют