» » Namanganda ochilganiga ikki kun bo‘lgan bolalar bog‘chasi koronavirus sabab yana yopildi

Namanganda ochilganiga ikki kun bo‘lgan bolalar bog‘chasi koronavirus sabab yana yopildi


Namangan viloyati Norin tumanidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan mahalla hududida koronavirus bilan kasallangan fuqarolar aniqlanganligi sababli faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva AOKA huzurida tashkil etilgan brifingda ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 15-avgustdan xususiy bog‘chalar va maktablar faoliyatiga ruxsat beriladi

Aytish kerakki, 2020-yilning 14-sentabridan boshlab O‘zbekistonda jami 40 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish faoliyatini qayta boshlagan bo‘lsa, 15-sentabr holatiga ko‘ra bu raqam 60 tani tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin talablarini qisqartirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil 5-sentabrdan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarining faoliyatiga ruxsat berilgan, maktabgacha ta’lim vazirligi 7-sentabrdan 14-sentabrgacha Toshkent va Toshkent viloyatining tumanlarida bittadan MTTning ochilishini yo‘lga qo‘yilishi, 14-sentabrdan boshlab ushbu jarayon butun respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich o‘tkazilishini bildirgan edi.  MTMlarning ochilishida tarbiyalanuvchilar va xodimlar xavfsizligini ta’minlash uchun ma’lum chora-tadbirlar ko‘riladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют