» » Microsoft serverlari suv ostida saqlanadigan bo‘ldi

Microsoft serverlari suv ostida saqlanadigan bo‘ldi


Dasturiy ta’minot yaratish bo‘yicha transmilliy gigant hisoblanuvchi Microsoft Orkney orollari yaqinidagi Shotland dengizi tubidan ma’lumotlar markazini chiqarib, ikki yillik tajribani yakunladi. Serverlar o‘tgan davr mobaynida 35 metr chuqurlikda saqlangan, deyiladi kompaniya saytida.

2018-yilda 27,6 gigabayt xotiraga ega 864 ta serverda joylashgan ma’lumotlar markazi suv tubiga joylashtirilgan edi. Aniqlanishicha, suv ostidagi yangi sharoitlar data-markazlarni joylashtirishga yaroqli.

Gap shundaki, quruqlikda ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari kislorod va yuqori namlik sabab korroziyaga uchraydi, shuningdek, havo haroratining o‘zgarishi salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Suv o‘tkazmaydigan kapsula ichida esa haroratni boshqarish tizimi sabab muammolar kamayadi.

Microsoft endilikda bu kabi markazlarni turli davlatlarning qirg‘oq bo‘ylariga joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют