» » “Bu voqea Amerikada sodir bo‘lsa, fuqarolari qanday munosabatda bo‘lardi?” Blackwater xususiy armiyasining Bag‘doddagi sarguzashtlari haqida

“Bu voqea Amerikada sodir bo‘lsa, fuqarolari qanday munosabatda bo‘lardi?” Blackwater xususiy armiyasining Bag‘doddagi sarguzashtlari haqida


2007-yil 16-sentabrda Bag‘dodning Nisur maydonida Amerikaning Blackwater xususiy xavfsizlik kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan otishmada 17 nafar Iroq fuqarosi o‘ldirildi va yaralandi. Hodisa Iroq jamoatchiligini g‘azablantirdi va Iroq-AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yomonlashtirdi. 2014-yilda AQSh Federal sudiga to‘rtta askar olib kelindi, ulardan bittasi qasddan va yana uch nafari baxtsiz hodisa tufayli odam o‘ldirishda ayblanib sudlangan edi. “Daryo” voqea tafsilotlari haqida hikoya qiladi.

Iroq hukumati va tergovchi Faris Sa’diy Abdul otishma uchun jiddiy sabab yo‘qligini ta’kidladi. Ertasi kuni Blackwater kompaniyasining Iroqda ishlash litsenziyasi vaqtincha bekor qilindi. Biroq ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya Iroqdagi faoliyatini 2009-yil yanvarigacha, Iroq va AQSh kelishuvi kuchga kirgunga qadar davom ettirdi.

AQSh Davlat departamentining rasmiy bayonotida “begunoh o‘ldirilgan” iroqliklar haqida aytilgan, AQSh mudofaa vazirligi ham ushbu voqeada yollanma askarlar aybdor ekani haqidagi ayblovni tan olishga rozi bo‘lgan. Iroq bu vaziyatda berilishi mumkin bo‘lgan eng qattiq jazoni talab qildi. Voqealar doirasida kamida beshta tergov boshlandi, ulardan bittasini Federal qidiruv byurosi boshqardi. Tergov jarayonlarida 17 iroqlik Blackwater xodimlari tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi, shuningdek, ulardan 14 nafari hech qanday sababsiz o‘ldirildi.

Voqealar talqini

2007-yil 27-sentabrda “New York Times” gazetasi Nisur maydonidagi voqea paytida hamkasblarining o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirganiga qaramay Blackwater xodimining tinch aholini o‘qqa tutishda davom etgani haqida xabar berdi (Glanz, James. Blackwater Shooting Scene Was Chaotic, The New York Times (28 September 2007). Uning tinch aholini isyonchilar bilan adashtirgan yo adashtirmagani aniq emas. U faqat hamkasbi qurolini unga qaratib, to‘xtashni buyurganida o‘q uzishni to‘xtatdi. Voqeani kuzatgan Blackwater kompaniyasining uchta xodimi otishma uchun hech qanday sabab ko‘rmaganliklarini aytdi.

Voqealardan so‘ng Iroq Xavfsizlik tashkilotlari assotsiatsiyasi Blackwater’ni Iroqda ishlashga litsenziyasi bo‘lmagan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi. AQSh Davlat departamenti va Markaziy razvedka boshqarmasi nomidan Blackwater operatsiyalari litsenziyalashni talab qilmaydi va shuning uchun faoliyatni taqiqlash ularga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. 19-sentabr kuni Qo‘shma Shtatlar barcha fuqarolariga Iroqqa Bog‘doddagi mustahkam yashil zonadan tashqarida sayohat qilishni vaqtincha taqiqladi.

Tergov

AQSh Davlat departamenti ushbu hodisani “dahshatli voqea” deb atadi va tergov o‘tkazish niyati borligini e’lon qildi. Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh davlat kotibi Kondoliza Rays “shaffof va halol” tergov o‘tkazishga va’da berdi. Keyinchalik Davlat departamenti voqeani tekshirish uchun ham, xususiy harbiy kompaniyalar faoliyatini tartibga solishning umumiy masalalari bo‘yicha ham Amerika-Iroq komissiyasi tuzilishini e’lon qildi.

Voqeadan bir necha hafta o‘tgach, Iroq Ichki ishlar vazirligi vakili tergov tugaganini e’lon qildi va barcha aybni Blackwater xodimlariga yukladi. 2008-yil 19-yanvarda “The New York Times” gazetasi ko‘plab o‘limlar uchun javobgar bo‘lgan yollanma xizmatchining ismini – Pol Sluuni e’lon qildi. U 1999-yilda harbiy xizmatga kirgan, Bosniyada 3-piyoda diviziyasida xizmat qilgan, 2002-yilda nafaqaga chiqqan, keyin Texas Milliy gvardiyasi safiga qo‘shilgan edi. U Iroqda xizmat safarida bo‘lgan, keyin u yerda shaxsiy himoya bo‘yicha mutaxassis sifatida yollangan.

2009-yil 1-aprelda “Assoshieted Press” ekspertizaning g‘alati natijalari haqidagi yangiliklarni e’lon qildi. Hodisa sodir bo‘lgan joyda topilgan o‘qlarning hech biri otishmalarda ishlatilgan miltiqlardan otilishi mumkin emas edi. Ikki yil o‘tib, 2011-yil 1-aprelda “Assoshieted Press” Blackwater kompaniyasining sobiq direktori Erik Prinsning yetti soatlik ko‘rsatmalarining xulosasini e’lon qildi. Prins tergov usullarini tanqid qildi va voqeada Amerikaning aybi borligi haqidagi xulosalarga qarshi chiqdi.

“Tergov, aftidan, haqiqatni aniqlash uchun emas, balki hamma narsani Blackwater zimmasiga yuklash uchun o‘tkazilgan”, deydi u. Shuningdek, u ekspertiza natijalariga ishonmasligini bildirdi. Federal qidiruv byurosi mutaxassislari yollangan askarlarning to‘plangan o‘qlari va qurollarini taqqoslay olmadi, ammo ular Iroqdagi Amerika kontingenti foydalanmagan boshqa turdagi snaryad zaxiralarini topdi. Nisur maydonida otishmalar tez-tez sodir bo‘lgani sababli bu snaryadlar va o‘qlar qayerdan kelib qolganini aniq aytish qiyin.

BMTning 2007-yil oktabrdagi hisoboti

2007-yil oktabr oyida BMT janglar paytida foydalanilgan xususiy harbiy kompaniyalar muammosini ikki yillik o‘rganish natijalari bo‘yicha hisobot chiqardi. Hisobotda xususiy harbiy kompaniyalardan foydalanish xalqaro huquqni buzadigan yollanma faoliyatning yangi shakli ekani aniqlandi.

Iroqdagi reaksiya

Bog‘dodda yashovchi Halim Mashkur Iroq telekanallaridan biriga o‘z nuqtayi nazarini quyidagicha izohlaydi: “Biz xavfsizlik kompaniyalari bizning ko‘chalarimizda qanday o‘yinlar qilayotganini ko‘rib turibmiz. Ular tinch aholiga mol bilan bo‘lgani kabi munosabatda bo‘ladi, bizni kaltaklaydi va o‘ldiradi. Agar bu Angliyada yoki Amerikada sodir bo‘lsa, ularning fuqarolari bunga qanday munosabatda bo‘ladi?” (Wounded Iraqis: 'No one did anything‘ to provoke Blackwater - CNN.com) Nisur maydonidagi transport vositalarini boshqaruvchi Iroq politsiyasi xodimi Blackwater xodimlarini terrorchilar deb atadi.

2007-yil 11-oktabrda Konstitutsiyaviy huquqlarni himoya qilish markazi “Chet ellik fuqarolarning huquqlari buzilishi to‘g‘risida”gi qonunga binoan Blackwater’ga qarshi da’vo qo‘zg‘adi. 2008-yil dekabr oyida yollanma askarlarning beshtasi qotillik va o‘zini o‘zi himoya qilish me’yorlarini oshirib yuborishda ayblangan, ammo 2009-yil 31-dekabrda barcha ayblovlar qayta olib tashlangan. Iroqning o‘sha paytdagi Bosh vaziri Nuri al-Malikiy sud qarorini keskin tanqid qildi. 2011-yil aprel oyida Pol A. Sluh, Ivan S. Liberti, Dastin L. Xard va Donald V. Ballga qarshi ish qayta tiklandi va sudning oldingi qarori xato deb topildi.

Hodisada ishtirok etgan beshinchi Blackwater xodimi ayblovdan ozod qilindi va oltinchisi birinchi darajali qotillik va qotillikka urinishdagi aybini tan oldi. 2012-yil 6-yanvarda Blackwater voqeada qurbon bo‘lgan olti kishining oilalariga tovon puli to‘ladi. 2014-yil oktabr oyida Nik Slattenga qasddan qotillik, Slau, Liberti va Xardga qotillik uchun avtomatik o‘qotar qurol ishlatish ayblovlari e’lon qilindi. 2015-yil 13-aprelda Slatten umrbod qamoq jazosiga, yana uch kishi o‘ttiz yillik qamoq jazosiga hukm qilindi (Apuzzo, Matt. Emails Reveal Discord Over Blackwater Charges (англ.), The New York Times (12 April 2015).).

2017-yil 4-avgustda sud Slatten va boshqa uchta kishini qayta sudga tortishga qaror qildi. Endi sudning xususiyati o‘zgargan, u jamoaviy emas yakka shaxs ustida o‘tkazilar edi.

Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют