» » Iroq Suriyaga qo‘shin yuborishga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Iroq Suriyaga qo‘shin yuborishga tayyor ekanligini ma’lum qildi


Iroq hukumati AQSh qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborganidan so‘ng Suriyaga qo‘shin jo‘natishga tayyor. Bu haqda “Korrespondent” xabar berdi.

Iroq AQSh Suriyadagi askarlarini mamlakat hududidan olib chiqish haqidagi qarori fonida o‘z qo‘shinlarini joylashtirishi mumkin. Bu haqda Iroq Bosh vaziri Odil Abdul-Mahdiy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati Iroqni chegara davlatlaridan chiqayotgan tahdidlardan himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarni ko‘rib chiqmoqda.

23-dekabr kuni Iroqda xavfsizlik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Iroq Bosh vaziri idorasida mamlakat hukumati AQShning Suriyani tark etish haqidagi qarori qabul qilingach uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish majburiyatlarini bajarayotganligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 19-dekabr kuni, Tramp Suriyada ID ustidan g‘alabasi haqida e’lon qildi. O‘sha kuni Oq uy AQSh qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqishini ma’lum qildi.

Tramp o‘z qarorini Suriyadagi AQSh kampaniyasi budjetdan sarflanayotgan manbalarga arzimasligi bilan baholadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют