» » Turkiya Suriyadagi harbiy amaliyotlarni kechiktirdi

Turkiya Suriyadagi harbiy amaliyotlarni kechiktirdi


AQShning Suriyadan harbiy qo‘shinlarini olib chiqish haqidagi qarori, Turkiyani bir muddat Arabistonda yangi operatsiyani qoldirishga majbur qildi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ushbu qarorni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muhokama qildi.

“Bizning Tramp bilan muzokaralarimiz va tuzilmalarimizning aloqalari biroz vaqt kutib turishga majbur qildi”, — deydi Erdo‘g‘on.

U bu faqat vaqtinchalik qaror ekanligini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, Turkiya prezidenti, nafaqat kurt xalqi mudofaa kuchlarini, balki islomiy davlat ekstremist guruhining terrorchilarini ham yo‘q qilish rejasini yakunlashini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 19-dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyada Islom davlati ustidan to‘liq g‘alabani e’lon qilgan edi. Shuningdek, u Amerika qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqishni buyurdi. Harbiy xizmatchilar 60—100 kun ichida uyga qaytishlari kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют