» » Tramp va Erdo‘g‘on Suriyadagi vaziyatni telefon orqali muhokama qildi

Tramp va Erdo‘g‘on Suriyadagi vaziyatni telefon orqali muhokama qildi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashib, u bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Anadolu agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Erdo‘g‘on va Tramp ikki tomonlama munosabatlar, G‘azo sektoridagi vaziyat va terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, suhbat davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar IShID terrorchilik guruhi tor-mor etilgandan so‘ng, Suriyadan ketishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 120) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют