» » Turkiya Iroq hududiy yaxlitligini himoya qilishda unga yordam berishga tayyor

Turkiya Iroq hududiy yaxlitligini himoya qilishda unga yordam berishga tayyor


Anqara Iroq Kurdistonida bo‘lib o‘tgan mustaqillik haqidagi referendumdan keyin Iroq yordam so‘ragan taqdirda, uning yaxlitligini saqlab qolish masalasida Bag‘dodni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Iroq hukumati referendumni noqonuniy deb e’lon qildi va ovoz berish natijalari bo‘yicha muxtoriyat hududiy hukumati bilan muzokaralar olib bormasligini ta’kidladi. Ovoz berish o‘tkazilishiga Iroq Kurdistonining qo‘shnilari — Turkiya va Eron, shuningdek, AQSh va BMT ham qarshi chiqdi.

Turkiya qurolli kuchlarining Iroqdagi operatsiyalari ehtimolini izohlar ekan, vazir Iroq hukumati tegishli murojaat bilan yuzlangan taqdirda, Anqara harakatga o‘tishini aytdi.

Avvalroq Iroq Kurdistoni mustaqilligini yoqlab saylovchilarning 91,83 foizi ovoz bergani ma’lum bo‘lgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-09-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют