» » Mishel Obama lab bo‘yog‘i ishlab chiqardi: uni saylovda ovoz berish uchun ro‘yxatdan o‘tganlargina sotib olishi mumkin

Mishel Obama lab bo‘yog‘i ishlab chiqardi: uni saylovda ovoz berish uchun ro‘yxatdan o‘tganlargina sotib olishi mumkin


AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama “The Lip Bar” brendi ostidagi kosmetika hamda “When We All Vote” notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda lab bo‘yog‘i ishlab chiqardi. Mahsulotni xarid qilish uchun 2020-yil 14-dekabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovining saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

“Bawse Voter” deb nomlangan suyuq lab bo‘yog‘i to‘q qizil rangda bo‘lib, uning narxi 15 dollarni tashkil etadi. Mahsulot savdosidan tushadigan mablag‘ning 40 foizi saylovchilarning faolligini oshirish va irqdagi farqni kamaytirish ustida ish olib boradigan “When We All Vote” tashkilotiga o‘tkaziladi. Shuningdek, lab bo‘yog‘i cheklangan miqdorda bo‘lib, sotuvga faqat 500 nusxada chiqarilgan.

Bundan avval Mishel Obama demokratlarning milliy anjumanida “Bychari” brendi ostidagi “Vote” yozuvi tushirilgan marjon taqib chiqqan edi. Taqinchoq shu zahoti ommalashib, anjumanning so‘nggi soatlaridayoq Amerikada eng ko‘p izlangan so‘zga aylandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют