» » O‘zbekistonda yosh bolalar orasida koronavirusdan o’lim ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi haqidagi gaplar haqiqatdan yiroqligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda yosh bolalar orasida koronavirusdan o’lim ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi haqidagi gaplar haqiqatdan yiroqligi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda yosh bolalar orasida koronavirus kasalligi soni ko‘payishi natijasida ko‘plab bolalar o‘lib ketayotgani xususidagi gaplar haqiqatdan yiroq. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov AOKA huzurida tashkil etilgan brifingda ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Habibulla Oqilov O‘zbekistonda 14 yoshli bola koronavirusdan vafot etganini aytgandi. Buning (rasman) yolg‘onligi isbotlanishi uchun ikki oy kerak bo‘ldi

Respublikada koronavirus bo‘yicha statistik ma’lumotlar kun sayin tahlil qilib borilmoqda. Kasallanganlar orasida yosh bolalar ham qayd etilyapti. Buni kundalik axborotda Sog‘liqni saqlash vazirligi keng jamoatchilikka taqdim etib boryapti. Lekin yosh bolalarning aynan koronavirus kasalligidan o‘lib ketyapti, degan ma’lumotlar haqiqatdan ancha yiroq. Boisi kuzatishlardan bildikki, koronavirus kasalligi yosh bolalarda ancha yengil kechadi. Va yosh bolalarda kechadigan koronavirus kasalligining asoratlari ham kam bo‘ladi. Shuning uchun, koronavirusdan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘lim holatlari aksariyat hollarda yondosh kasalligi bo‘lgan bemorlarda qayd etilyapti. Yosh bolalarda yondosh kasalliklar bo‘lish ehtimoli juda past bo‘lganligi nuqtai nazaridan ular orasida kasallikka chalinganlar vafot etyapti va ular juda katta miqdorda ekan, degan fikrlar haqiqatdan ancha yiroq.

Nurmat Otabekov, Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi.

Avvalroq Koronavirusga qarshi kurash shtabining yana bir a’zosi Barno Abdusamatova O‘zbekistonda shu kungacha koronavirusga chalinganlarning 3 932 nafari bolalar bo‘lib, ular orasida o‘lim holatlari qayd etilmagani, bolalar orasida kasallik 7-18 yoshgacha bo‘lganlarda ko‘p uchrayotgani, umumiy kasallanish ko‘rsatkichining 55 foizini bolalar tashkil etishini aytgan. 

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют