» » O‘zbekistonda koronavirus oqibatida bolalar o‘lmagani ma’lum qilindi. Avvalroq qurbonlar orasida 14 yoshli bola borligi aytilgandi

O‘zbekistonda koronavirus oqibatida bolalar o‘lmagani ma’lum qilindi. Avvalroq qurbonlar orasida 14 yoshli bola borligi aytilgandi


O‘zbekistonda rasmiy statistik ma’lumotlar bo‘yicha shu kungacha koronavirusga chalinganlarning 3 932 nafari bolalar bo‘lib, ular orasida o‘lim holatlari qayd etilmagan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtab a’zosi Barno Abdusamatova 28-avgust kuni ma’lum qildi.

Ma’lum qilishlaricha, shu kungacha 89 755 nafar bola karantinga olingan, ularning 3 932 nafarida koronavirus aniqlangan. Qayd etishlaricha, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bolalarning

bo‘lgan bolalardir. Hozirgacha ularning 3293 nafari sog‘aygan.

“Bolalar orasida kasallikning o‘ta og‘ir kechishi va o‘lim holati bo‘lmadi”, — deya qo‘shimcha qildi SSV huzuridagi shtab a’zosi Barno Abdusamatova. Qayd etish joiz, avvalroq SSV huzuridagi shtabning boshqa a’zolari — Otabek Nurmatov va Habibulla Oqilov O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etganlar orasida 14 yoshli bola borligini ma’lum qilgan edi.

Nurmatov va Oqilovning so‘zlarini SSV tomonidan e’lon qilib borilayotgan kunlik statistik ma’lumotlar asosida tekshirish imkoni yo‘q, chunki vazirlik barcha o‘lim holatlari haqida aniq bir standart asosida axborot bermagan (xususan, ayrim o‘lim holatlari haqidagi axborotlarda qurbonlarning yoshi va jinsi ko‘rsatilmagan).

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 27-avgust kuni 393 kishida koronavirus aniqlandi. Davolanish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют