» » Surxondaryoda 11 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanganlar soni 6500 nafarga yetdi

Surxondaryoda 11 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanganlar soni 6500 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 23-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 kishiga ko‘payib, 6500 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 15 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 13 nafari Toshkent shahrida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan jami 4450 nafar fuqaro (69 foiz) kasallikdan sog‘aygan.

22-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida jami 2031 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda.Ulardan 15 nafari og‘ir, 4 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Hozirgacha 19 bemor kasallik asoratlaridan vafot etgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 22-iyun kuni 146 kishida koronavirus aniqlandi. Barcha holatlar Toshkent shahri va viloyatida qayd etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют