» » AQShdagi shahar hokimiyati politsiya tomonidan o‘ldirilgan ayolning oilasiga 12 mln dollar tovon to‘laydi

AQShdagi shahar hokimiyati politsiya tomonidan o‘ldirilgan ayolning oilasiga 12 mln dollar tovon to‘laydi


Amerikaning Kentukki shtatidagi Luisvill shahri ma’muriyati politsiya tomonidan o‘ldirilgan afroamerikalik Breonna Teylorning oilasiga 12 million dollar to‘laydi, deb xabar qilmoqda CNN'ga tayanib “RBK”.

Marhumning qarindoshlari uchun advokat Ben Krampning ta’kidlashicha, bu politsiya tomonidan qora tanli ayolning o‘ldirilishi uchun to‘langan eng katta summa hisoblanadi.

Ayol mart oyida o‘z xonadonida sevgilisi bilan otib o‘ldirilgan edi. Kvartirada giyohvand moddalar saqlanayotganiga ishongan politsiya uning yoniga bostirib kirgan. Yigit buni uyushtirilgan deb o‘ylab politsiyaga o‘t ochadi. Otishma natijasida politsiya afroamerikalik ayolni otib o‘ldiradi.

Keyinchalik politsiya xodimlaridan biri ishdan bo‘shatilgan, ammo ularning hech biriga ayblov qo‘yilmagan.

AQShda doimiy ravishda irqchilik va politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar bo‘lib turadi. So‘nggi yillardagi eng yirik namoyishlar 2020-yil may oyining oxirida Jorj Floydning o‘limidan keyin yuz bergan ko‘cha namoyishlari bo‘ldi. Namoyishlar mamlakatning ko‘plab shaharlarida Black Lives Matter ( “Qora tanlilarning hayoti muhim”) harakati doirasida bo‘lib o‘tdi.

Asosan tinch namoyishlar bo‘lib o‘tdi, biroq ba’zi namoyishlarda do‘konlarga hujumlar va koloniya davri yodgorliklariga zarar yetkazish kuzatildi. Namoyishchilarning politsiya bilan to‘qnashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Keyinroq Black Lives Matter harakati va irqchilikka qarshi norozliklar dunyoning boshqa mamlakatlariga ham tarqaldi.

Yangi ommaviy norozilik 23-avgust kuni Viskonsin shtatidagi Kenosha shahrida ikki nafar politsiyachi 29 yoshli qora tanli erkakka uning bolalari oldida 7 marta o‘q uzganidan keyin boshlandi, odamlar avtosalon va avtomobillarni yoqib yuborgan.

Shu bilan birga, Amerika rahbari demokratlarni ular rahbarlik qilayotgan shaharlarda tartibni ta’minlay olmayotganlikda aybladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют