» » Superliga. “Bunyodkor” ilk daqiqadayoq 10 o‘yinchi qolgan “Mash’al”ni mag‘lub etdi, “Metallurg” Qo‘qonda g‘alaba qozondi

Superliga. “Bunyodkor” ilk daqiqadayoq 10 o‘yinchi qolgan “Mash’al”ni mag‘lub etdi, “Metallurg” Qo‘qonda g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan 16-sentabr, chorshanba kungi bahslar o‘z yakuniga yetdi.

“Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda bekobodliklar Abror Toshqo‘ziyev va Shahzod Ubaydullayevning gollari evaziga natijani o‘z tomoniga og‘dirdi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Metallurg” ochkolarini 28 taga yetkazib oldi va 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Qo‘qon-1912” (26) esa 6-pog‘onaga tushib ketdi.

Yana bir o‘yin Muborakda “Mash’al” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq maydon egalari darvozaboni jarima maydoni ichida raqib futbolchisini qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi va qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Natijada belgilangan penaltini Xurshid G‘iyosov aniq amalga oshirdi. Bunga mezbonlar 30-daqiqada Sirojiddin Qo‘ziyevning chiroyli goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda bosimni oshirgan “qaldirg‘ochlar” 69-daqiqaga kelib ikkinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi: Nurillo To‘xtasinov o‘zining aniq zarbasi bilan g‘alaba to‘pini kiritdi.

“Bunyodkor” 29 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. “Mash’al” (19) 8-o‘rinda qoldi.

Coca-Cola Superliga

15-tur bahslari

16-sentabr, chorshanba

Gollar: 0:1 – 48 Toshqo‘ziyev, 0:2 – 75 Ubaydullayev.

“Qo‘qon-1912”: Botirali Ergashev, Bobirjon Akbarov, Shohnazar Norbekov (Sobit Sindarov, 89), Suhrob Berdiyev (Yakuba Bamba, 81), Quvondiq Ro‘ziyev, Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov, Aleksandr Merzlyakov (Sardor Azimov, 81), Ivan Yosovich, Filip Rayevats (Hamidullo Abduhamidov, 55), Murod Holmuhammedov.

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Doniyor Narzullayev, Salamat Qutiboyev, Abror Toshqo‘ziyev (Tulqin Ergashev, 79), Zohid Abdullayev (Shaxboz Ubaydullayev, 65), Kamoliddin Tojiyev, Ixtiyor Toshpo‘latov, Stanislav Andreyev, Davron Anvarov (Xudoyshukur Sattorov, 65), Yevgeniy Chumak.

Ogohlantirishlar: Anvarov (41), Tojiyev (45), Xolmuhammedov (49).

Gollar: 0:1 – 5, penalti G‘iyosov, 1:1 – 30 Qo‘ziyev, 1:2 – 69 To‘xtasinov.

“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Najmiddin Normurodov, Ifeani Ifeani, Nikita Pavlenko (Botir Nosirov), Sherzod Temirov (Jahongir Abdusalomov), Jamoliddin Ubaydulloyev, Abbos Shodmonov (Ibrohim No‘‘monov), Sardor Abduraimov, Sirojiddin Qo‘ziyev, Samandar Shukurullayev, Humoyun Murtozayev (Sardorbek Eminov).

“Bunyodkor”: Abdumavlon Abduljalilov, Islomjon Qobilov (Anvar G‘ofurov, 63), Davronjon Ergashev (Ibrohim Ibragimov ,46), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Xurshid G‘iyosov, Rasul Yo‘ldoshev, Lutfulla To‘rayev, Nurillo To‘xtasinov, Abdulla Abdullayev, Valeriy Akopov (Selim Nurmuradov, 46 ), Shahboz Erkinov (Vladislav Nuriyev, 63).

Ogohlantirishlar: Abdullayev (16), Qobilov (61).

Chetlatish: Davronov (1).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют