» » Amerikalik rassom Leninning jasadini AQShga ko‘chirib o‘tkazish uchun 1 mlrd dollar yig‘ishni taklif qildi

Amerikalik rassom Leninning jasadini AQShga ko‘chirib o‘tkazish uchun 1 mlrd dollar yig‘ishni taklif qildi


AQShning Nyu-York shahrida yashovchi rassom Devid Datuna Vashington shahrida Qizil maydondagi maqbaraning nusxasini qurmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Shu bilan birga, rassom Vladimir Leninning jasadini sotib olish va uni maqbaraning nusxasiga ko‘chirib o‘tkazish istagida. Datuna Leninning jasadi uchun dastlabki to‘lov sifatida 1 million dollar taklif qilgan va loyiha uchun 1 milliard dollar yig‘moqchi ekanligini bildirgan.

“Rossiya — allaqachon o‘z imperatoriga ega imperiya. Amerika kommunizm va sotsialistik g‘oyalar tomonga harakatlanmoqda”, — deya ma’lum qilgan rassom. Uning fikriga ko‘ra, kommunizm belgilari AQShga ko‘proq kerak, chunki ular 2020-yilda talab paydo bo‘lgan o‘zgarishlarning ramzi hisoblanadi. Datunaning qayd etishicha, “ikkinchi maqbarani qurish qiyin emas, biroq Leninni almashtirishning iloji yo‘q”.

Rossiya Kommunistik partiyasi a’zosi, Davlat dumasi deputati Aleksandr Yushenkoning aytishicha, Leninni Qizil maydonga dafn etish — Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi qurultoyining qarori, shuning uchun bunday takliflarni “muhokama qilish ham mumkin emas”. “Shuning uchun men ushbu rassomni haykaltaroshlik, badiiy qarashidan foydalanib, bir qator yodgorliklarni yaratish va ularni Amerika shaharlari markaziy maydonlariga o‘rnatishni tavsiya qilaman”, — deya taklif bergan deputat.

Devid Datuna — kelib chiqishi gruzin bo‘lgan AQSh fuqarosi. Uning so‘nggi mashhur ishi Mauritsio Kattelananing “Komediya ustasi” san’at obyekti — devorga yopishtirilgan banan bilan 2019-yilda yuz bergan voqea bo‘lgan. Art Basel yarmarkasidagi ko‘rgazmalarning birida Datuna 120 ming dollarga sotilgan bananni yulib olgan va uni yeb qo‘ygan.

Rossiya me’morlari ittifoqi 12-sentabr kuni Qizil maydondagi maqbarani ekspluatatsiya qilish bo‘yicha g‘oyalar tanlovini e’lon qildi. G‘oyalar kelajakda Vladimir Leninning jasadi dafn etilganida ishlatilishi mumkin edi. Tanlov tashkilotchilari, xususan, Shusev arxitektura muzeyining filiali sifatida maqbara binosidan foydalanishni va u yerda maqbara qurilishiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani joylashtirishni taklif qildi. Rossiya Kommunistik partiyasi rahbari Gennadiy Zyuganovning tanqidlaridan so‘ng Rossiya me’morlari ittifoqi tanlovni bekor qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют