» » Bosh prokuratura: “Andijonda fuqaro o‘lar darajada qiynoqqa solinish holati bo‘yicha materiallar oktabrgacha sudga yuboriladi”

Bosh prokuratura: “Andijonda fuqaro o‘lar darajada qiynoqqa solinish holati bo‘yicha materiallar oktabrgacha sudga yuboriladi”


Prokuratura tomonidan Andijon shahrida ichki ishlar xodimlari tomonidan fuqaroning o‘lar darajada qiynoqqa solinishi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi pandemiya sababli bir muddat to‘xtatib turilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 4-sonli Ichki ishlar bo‘limida 30-mayga o‘tar kechasi qiynoqqa solingan fuqaro A.Abdukarimov olgan tan jarohatlari oqibatida 11-iyun kuni vafot etgan edi. Ushbu voqeadan so‘ng 4-sonli IIB jinoyat-qidiruv guruhining uch nafar tezkor vakili — katta leytenant F.Husanboyev, katta leytenant E.Rayimjonov va katta leytenant Q.Qodirov ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan, 1-iyun kuni ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 234-moddasi (qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) hamda 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) bilan ayb e’lon qilinib, sud qarori bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan edi.

Bosh prokuratura bergan ma’lumotga ko‘ra, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi pandemiya tufayli vaqtincha to‘xtatib turilgan. Oktabr oyiga qadar tergov harakatlari tugatilib, ish hujjatlari sudga taqdim etiladi.

Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ham jinoyat ishi sudga taqdim etilmaganini “Daryo”ga ma’lum qildi. Iyul oyi boshida Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ushbu jinoyat ishi sud tomonidan jinoyat protsessual qonunchiligi talablari asosida hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga muvofiq ko‘rib chiqilishi, sud majlislarida matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.

Mavzuga doir: Andijonda fuqaro o‘lar darajada qiynoqqa solingan IIBning boshlig‘i ham qamoqqa olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chiroqchi va Andijonda IIB xodimlarining fuqarolarni kaltaklashi bilan bog‘liq voqealar uchun soha rahbarlarini tanqid qilgandi. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda fuqaroning IIB tomonidan qiynoqqa solinganini qat’iy qoralagandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Adolat” SDP siyosiy kengashi raisi Narimon Umarov bir fuqaroni qiynoqqa solib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan Andijon shahar IIB xodimlari harakatiga munosabat bildirib, Andijon shahar IIB xodimlarining noo‘rin munosabati asnosida kasb sha’ni oyoqosti qilingani, bir inson eng oliy huquqi bo‘lgan yashash ne’matidan mosuvo bo‘lgani, shu bilan birga, mamlakat rahbariyati va aholi tomonidan davlatning xalqaro imijini yaxshilash uchun qilinayotgan ko‘p sonli harakatlarga putur yetganini ta’kidlagandi.

Mavzuga doir: Andijonda IIB xodimlarining qiynog‘idan so‘ng vafot etgan fuqaroning singlisi: “Akam qimmatbaho tosh mojarosi qurboni bo‘ldi”

Holat yuzasidan ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab uzr so‘ragandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют