» » Aleksandr Lukashenko Putindan ba’zi qurol turlarini so‘raganini ma’lum qildi

Aleksandr Lukashenko Putindan ba’zi qurol turlarini so‘raganini ma’lum qildi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinga “Ittifoq davlatini mustahkamlash” uchun yangi qurollar to‘g‘risida murojaat qilgan. Lukashenko bu haqda Minskka amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguga aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Meduza.

“Men Rossiya prezidentidan qurollarning ayrim turlarini so‘radim. Unga aytdimki, siz kelganingizda birgalikda ittifoqchi davlat nuqtayi nazaridan nimani va qayerni kuchaytirishimiz kerakligini ko‘rib chiqamiz”, — deya ta’kidlagan Lukashenko.

Shu bilan birga, o‘sha suhbatda Lukashenko Shoyguga Belarus zaif mamlakat emasligini tushuntirishni boshlagan.

“Biz vaziyatni nafaqat Belarusda, balki chegaralarimiz bo‘ylab ham ushlab turishga qodirmiz. Brestdan Vladivostokkacha bo‘lgan umumiy Vatanimizni himoya qilish bo‘yicha ishonishimizga shubha qilmasangiz ham bo‘ladi”, — degan Lukashenko.

Belarusda 16-sentabr kuni Rossiya bilan “Slavyan qardoshligi” nomli qo‘shma harbiy mashg‘ulot boshlandi. Shoygu Lukashenko bilan uchrashuvda keyingi mashg‘ulotlar 2020-yil oktabr oyida bo‘lishini aytdi.

Mavzuga doir: Putin Rossiya Belarusga 1,5 mlrd dollar kredit berishini va’da qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют