» » Milliarderlar garderobiga nazar: Dunyoning eng badavlat xonimlari qanday kiyinadi? (foto)

Milliarderlar garderobiga nazar: Dunyoning eng badavlat xonimlari qanday kiyinadi? (foto)


Dunyoning eng boy ayollarining nafaqat moliyaviy ahvoli, shaxsiy hayoti va qiziqishlari, balki kiyim-kechaklari ham e’tibor markazida hisoblanadi. Quyida eng badavlat xonimlar qanday uslubda kiyinishni xush ko‘rishiga to‘xtalib o‘tamiz.

Makkenzi Bezos

Jeff va Makkenzi Bezos 1994-yilda Amazon kompaniyasiga asos solinishidan avval tanishgan. 2019-yilda esa 25 yillik turmushidan keyin munosabatlariga nuqta qo‘ygan.

Ajrashish shartlariga muvofiq, turmush o‘rtog‘iga qarashli Amazon kompaniyasining 38 milliard dollar baholangan 4 foizli aksiya Mekkenzida qolgan. Shundan keyin dunyodagi eng badavlat ayollar ro‘yxatida uchinchi deb topilgan. 2020-yilda bo‘lsa AQShdagi eng badavlat ayol bo‘lgan.

Kiyinish borasida milliarder xonim universal uniformani ma’qul ko‘radi. Tadbirlarga “futlyar” bichimli ko‘ylaklarni, taqdirlash marosimi va ko‘rgazmalar uchun esa xuddi shunday bichimli liboslarni yorqin rangdagisi va o‘ziga xos detallari borini kiyishni ma’qul ko‘radi.

Shu bilan birga Makkenzi kiyinish borasida kichik eksperimentlar ham qilib turadi. Kalta liboslar bilan charm botfort yoki oqshom obrazi uchun yelkalari ochiq va “virez”li ko‘ylak kiyishi mumkin.

Fransuaza Betankur-Mayers

L’Oreal kompaniyasi asoschisining nabirasi Fransuaza Betankur-Mayers oilaviy kompaniyaning rahbari sanaladi. Betankur va uning oilasi kompaniyaning 33 foiz aksiyasiga egalik qiladi.

U kiyinish borasida fransuz ayollariga xos universallik va ortiqcha bezaklarsiz liboslarni xush ko‘radi. Fransuazaning garderobida asosan qora rangdagi kiyim-kechaklarni uchratish mumkin.

Sevimli aksessuari esa libosi rangiga zid rangli yorqin ro‘mol hisoblanadi. To‘q liboslarni apelsin, layma rangli yoki noodatiy printli sharflar bilan moslashni yaxshi ko‘radi.

Elis Uolton

Eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Walmart asoschisi Sem Uoltonning qizi Elis Uolton, ko‘p yillardan beri Forbes jurnalining eng badavlat ayollar ro‘yxatidan o‘rin olib kelgan.

Uning kiyinish uslubida o‘ziga xos aksessuar katta hajmli ko‘zoynaklar hisoblanadi. U ham boshqa biznes bilan shug‘ullanadigan hamkasblari singari klassik uslubni afzal biladi.

U obraziga yorqinlikka urg‘u beradi, masalan, qora klassik jaket o‘rniga gilos ranglisini kiyadi.

Loren Pauell Jobs

Stiv Jobs turmush o‘rtog‘ining ijtimoiy ahvoli Apple va Disney kompaniyalaridagi aksiyalar hisobiga 18,8 millionni tashkil qiladi. 2020-yilning iyulida Pauell, Forbes’ning milliarderlar ro‘yxatida 59-o‘rinni egallagan.

Lorenning garderobi rang-barangligi bilan boshqalarnikidan farq qiladi. Uni ham klassik uslubdagi liboslarda ham bluzka, printli jaket va kashtali liboslarda uchratish mumkin.

Ko‘rgazma va taqdirlash marosimlarida uning kiyinish borasidagi didiga qoyil qolsa arziydi. U dabdabali va shu bilan birga bachkana bo‘lmagan uzun oqshom libosi bilan minimal taqinchoq va klatch taqishni ma’qul biladi.

Huda Kattan

Sharqning eng mashhur ayollaridan biri sanalgan Huda Kattan, Dubaydagi moliya sohasidagi faoliyatini tugatganidan keyin go‘zallik imperiyasiga asos solgan. Uzoq vaqt vizajist sifatida ishlagan Huda keyinchalik mashhur kosmetik brend “Huda Beauty”ga asos solgan.

Kattan go‘zallik olamidagi eng nufuzli ayollar o‘ntaligiga kiradi. U kiyinish borasida hashamatni yaxshi ko‘radi. Tanlovini qaddi-qomatni aks ettiradigan, yelkasi ochiq asosan charm matosidan tikilgan, tilla zanjirlar va mo‘ynalarda to‘xtatadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют