» » Jeff Bezos ajrashdi. Uning rafiqasi Amazon’ning 36 mlrd dollariga ega bo‘ldi

Jeff Bezos ajrashdi. Uning rafiqasi Amazon’ning 36 mlrd dollariga ega bo‘ldi


Dunyoning eng boy odami, Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos rafiqasi Makkenzi Bezos bilan ajrashish jarayoni tugaganini ma‘lum qildi. Bu haqda milliarder Twitter’dagi sahifasida yozgan, deb xabar berdi Meduza.

Makkenzi sobiq turmush o‘rtog‘iga Washington Post gazetasi va Blue Origin kosmik kompaniyasining hamma aksiyalarini bergani, ammo Amazon’dagi ulushlarining chorak qismini olganini aytgan.

Xabarda qayd etilishicha, bu aksiyalarning to‘rt foizi bo‘lib, 35,7 milliard dollarni tashkil etadi. Makkenzi bu pullarni iyul oyining boshlarida oladi.

Shundan so‘ng u dunyoda eng boy ayollar reytingida kosmetik gigant L’Oreal vorisi Fransuaza Bettankur-Meyer (52,9 milliard dollar) va Walmart asoschisining qizi Elis Uolton (45 milliard dollar)dan so‘ng uchinchi o‘rinni egallaydi.

Mavzuga doir: Dunyoning eng boy odami Jeff Bezos 25 yillik turmushdan keyin ajrashishini ma’lum qildi

Mavzuga doir: Jeff Bezosning rafiqasi ajrashganidan keyin dunyoning eng boy ayoliga aylanishi mumkin

Mavzuga doir: Jeff Bezosning ajrashish sabablarini ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют