» » Gamaleya markazi rahbari koronavirus yangi to‘lqinlarining oldini olish uchun nima qilish kerakligini aytdi

Gamaleya markazi rahbari koronavirus yangi to‘lqinlarining oldini olish uchun nima qilish kerakligini aytdi


Rossiyada ikkinchi va undan keyingi koronavirus infeksiyasining to‘lqinlaridan faqat ommaviy emlash orqali saqlanish mumkin. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda COVID-19’ga qarshi vaksina ishlab chiqargan Gamaleya nomidagi markaz rahbari Aleksandr Grinsburg ma’lum qildi.

“Maqbul populyatsion darajada emlanmagunimizcha, afsuski, ikkinchi, uchinchi va o‘ninchi to‘lqin ham bo‘laveradi”, — degan u Rossiyaning “Birinchi kanal”ida efirga uzatilgan “Dok-tok” dasturida.

Sentabr oyi boshlarida Grinsburg Rossiya fuqarolarini emlash uchun 9-12 oy kerakligi, shundan so‘nggina preparatni chet elga eksport qilish mumkinligini aytgan.

Uning fikricha, Rossiyada pandemiya ommaviy emlash tufayli 2021-yilning yoziga borib tugaydi. Bunday natijaga erishish uchun davlat barcha imkoniyatlarini ishga solib, yiliga 80 million doza “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan va “Sputnik V” deb nom olgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Shuningdek, COVID-19’ga qarshi ikkinchi vaksina — “Vektor” ham tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Rossiyaning “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarida ishtirok etgan ko‘ngillilarda ikkilamchi ta’sirlar aniqlanmagan.

Vaksinani yaratish va tadqiq qilish ishlarini moliyalashtiruvchi Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yil oktabr oyidan boshlanishini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют