» » Rossiyaliklar koronavirusga qarshi vaksina bilan bir yil ichida to‘liq ta’minlanishi mumkin

Rossiyaliklar koronavirusga qarshi vaksina bilan bir yil ichida to‘liq ta’minlanishi mumkin


Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi rahbari Aleksandr Grinsburg koronavirusga qarshi vaksinaning rossiyaliklar uchun yetarli miqdori bir yil ichida ishlab chiqarilishiga umid qilmoqda. Ushbu markaz vaksinasi dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.

“Mamlakat ehtiyojlarini ozmi-ko‘pmi qoplay olishga qachon ulgurishimizni bilish muhim, bu 9-12 oy ichida bo‘lishiga umid qilyapman”, — degan u “TASS” nashriga va dastlab 10-15 ta hududlar vaksina bilan ta’minlanishini bildirgan (aynan qaysi hududlar ekaniga aniqlik kiritmagan).

Gamaleya nomidagi markaz rahbarining ta’kidlashicha, uchta korxona ishlab chiqarishni vaksina yaratish bo‘yicha ular texnologiyasiga moslashtira oldi. Yaqin bir yarim oy ichida ular oyiga taxminan millionta doza vaksina ishlab chiqarishni boshlashi kerak. “Yil oxiriga borib esa u 1,5-2 milliontaga yetishi mumkin. Bu mamlakat miqyosida juda yaxshi ko‘rsatkich”, — deydi Grinsburg.

Eslatib o‘tamiz, vaksina 11-avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. Unga “Sputnik V” deb nomlangan. Vaksina 2021-yilning yanvaridan muomalaga chiqarilishi ma’lum qilingan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin vaksina samarali ekanligini ta’kidlab qizlaridan biri ushbu vaksina bilan emlanganini bildirgan.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko vaksina birinchi navbatda o‘qituvchilar va shifokorlarga taklif etilishini ma’lum qilgan.

Rossiyaning “P-Farm” kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari Aleksey Repik ushbu vaksina eksport qilinganda ikki dozasi kamida 10 dollardan sotilishini aytgan.  JSST rossiyalik olimlar va mamlakat rasmiylari bilan aloqada bo‘lib turibdi va vaksina sinovlari to‘g‘risidagi ma’lumotni tahlil qilish imkoniyatini kutmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют