» » So‘nggi bir necha soat: Maykl Jekson, malika Diana va boshqa mashhurlar o‘limidan oldin nimalar bilan mashg‘ul bo‘lgan?

So‘nggi bir necha soat: Maykl Jekson, malika Diana va boshqa mashhurlar o‘limidan oldin nimalar bilan mashg‘ul bo‘lgan?


Mashhurlarning uzoq davom etgan kasalligi emas, balki to‘satdan vafot etganini eshitgan inson hayratga tushadi. Marhum yulduzlar o‘zlari bilmagan holda hayotining so‘nggi lahzalarini qanday o‘tkazgan? Oxirgi damlarda birga bo‘lgan insonlar ularni qanday yodga oladi?

Xit Lejer

Xit vafotidan bir kun avval kechki payt singlisi Keyt bilan uzoq va asabiy holda telefonda suhbatlashadi. So‘ngra Keyt unga dori vositalarini aralashtirib yubormaslikni ta’kidlaydi:

Erta tongda aktyor rejissor Mett Amato bilan iChat orqali suhbatlashadi. Afsuski, 2008-yil 22-yanvar kuni marhumni so‘nggi bora tirik ko‘rgan oxirgi kishi uning xizmatkori Tereza Solomon bo‘ldi. Shuningdek, kunduzi 14:45 da uning uyiga massajchi Diana Volozin kelib, eshik qo‘ng‘irog‘ini chaladi. Javob bo‘lavermagach Diana uy ichiga kirib boradi va aktyorning singlisi Meri-Keyt Olsenga uch marotaba, keyin u 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qiladi. Zudlik bilan yetib kelgan shifokorlar aktyorning o‘limni qayd etadi.

Aktyor mastlik va dozasidan ortiqcha qabul qilingan og‘riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi dori vositalarini qabul qilish tufayli vafot etgan edi. Shuning uchun uning o‘limi tasodifiy deb topildi. Sababi aktyor massajchini va model Xelena bilan uchrashuvni bekor qilmagan. Qizning aytishicha, u allaqchon mash’um xabarni eshitib, uning uyiga kelayotgan bo‘lgan.

Kobi Brayant

2020-yil 26-yanvar kuni basketbolchi tonggi soat 7:00 da cherkov marosimida qatnashadi. Keyin Sharif O’nilga sms xabar yuboradi, ammo u qattiq uxlab qolgan edi. Shundan so‘ng u LeBronu Jeymsga qo‘ng‘iroq qilib, uning yangi rekordi bilan tabriklaydi.

Sportchi cherkovdan chiqib, qizi Jannani basketbol musobaqasiga olib borish uchun vertolyotga o‘tiradi. Vertolyotda qizning ikki jamoadoshi, ularning ota-onalari va murabbiylaridan biri bor edi. Yo‘lda Kobi “Los-Anjeles Leykers” guruhi menejeriga vertolyotda ota-onasi va singlisi bo‘lgan Leksi Altobela uchun stipendiyadan umid qilayotgani haqida xabar yuboradi.

Keyin esa soat 9:30 da aloqa to‘xtatiladi. Uchuvchi bulutlar orasida qolmaslik uchun yuqoriga ko‘tarilayotganini xabar qiladi, ammao sportchi unga javob qaytarmaydi. Oradan 15 daqiqa o‘tib, vertolyot samoda g‘oyib bo‘ladi. Tez orada halokat haqida ma’lumotlar beriladi. Afsuski, barcha yo‘lovchilar, shuningdek, uchuvchi halok bo‘lgan edi.

Maykl Jekson

Umrining so‘nggi kuni 2009-yil 24-iyun kuni yulduz o‘z farzandlari bilan birgalikda tushlik qiladi. Uning shaxsiy oshpazi Kay Cheyzning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni Jeksonning kayfiyati a’lo bo‘lgan hatto duo ham qilgan. Kechki soat 7:00 da repetitsiyaga borgan Maykli ko‘rgan Dorian Xolli uning og‘zi qulog‘ida ekanligini eslaydi: “Ular birinchi marta konsert liboslarida mashq qildi va xonanada bundan juda ham mamnun edi”.

Jekson yarim tunda uyga qaytganidan so‘ng shifokor Konrad Myurrey ham keladi. Maykl odatda uyqusizlikdan aziyat chekar edi, shuning uchun u shifokordan ko‘proq propofol berishini so‘radi. Uning iltimosini rad etgan shifokor unga valium dori vositasini beradi. Dori natija bermaganidan so‘ng bir nechta uyqu chaqiruvchi ukollar qildai. Jekson shifokordan propofolni talab qilishda davom etadi, Myurrey kunduzgi 10:40 da dorini qabul qilishga ruhsat beradi. Shundan so‘ng Maykl dori vositasining dozasini oshirib yuborishi natijasida hayotdan ko‘z yumdi.

Uitni Xyuston

2012-yil 11-fevralda Uitni qizi Kristina Braun bilan “Beverli-Xilton” mehmonxonasida nonushta qiladi. Xonasiga yegulik buyurtma qilgan yulduz tinchlantiruvchi dori ham qabul qiladi. Keyin qarindoshi Dionna Uorvikkaga qo‘ng‘iroq qilib, “Gremmi”dan oldin bo‘ladigan ziyofatlardan birini muhokama qiladi. U o‘limidan yarim soat avval onasi bilan ham qo‘ng‘iroqlashadi.

Xyuston burger va qovurilgan kartoshkani tanovul qilgach, hammomga kirib ketadi. Qo‘riqchilar uni hammomda qo‘shiq kuylayotganini ham eshitgan. Soat kundizgi uchlarda xona tinchib qolganidan, qo‘riqchilarning biri eshikni taqillatadi. Keyin eshikni buzib ichkariga kiradi va Xyuston suvga cho‘kib vafot etganini ko‘radi. Shifokor va politsiya zudlik bilan chaqirilgan bo‘lsa-da, xonanadani hayotga qaytarishning iloji bo‘lmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u ateroskleroz va kokain iste’mol qilish tufayli vafot etgan deb taxmin qilinadi.

Malika Diana

1997-yil Diana Dodi al-Fayedning Sardiniyadagi yaxtasida uyg‘ondi. Shundan so‘ng Parij, Ritz mehmonxonasiga uchadi. Diana sartaroshxonada uning “Daily Mail” dagi do‘sti muxbir Richard Keyga qo‘ng‘iroq qiladi. Shuningdek, u o‘g‘illari Uilyam va Garri bilan suhbatlashadi. Kechki soat yettilarda u Dodi bilan mehmonxonadan chiqib, Parijdagi xonadoniga ketadi. Ular kechki ovqatni restoranda qilmoqchi edi, ammo fotosuratchilar tufayli qarorini o‘zgartiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Dodi unga turmushga chiqish taklifini bildirmoqchi bo‘lgan. Soat 21:50 da ular mehmonxonaga qaytadi. 00:20 restorandan chiqishda fotosuratchilarning kutib turganini ko‘rib, orqa eshikdan chiqadi. Avtomobil haydovchisi jurnalistlar ta’qibidan qochishga urinib, boshqaruvni yo‘qotadi va ko‘prik tayanchiga borib uriladi. Haydovchi va Dodi voqea joyida vafot etadi, Diana esa tungi soat 2:00 da shifoxonaga olib boriladi, afsuski, oradan ikki soat vaqt o‘tib shifokorlar uning o‘limi haqida xabar beradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют