» » Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modini 70 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modini 70 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni Hindiston Respublikasi bosh vaziri Narendra Modini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari uning 70 yoshlik tavallud ayyomi munosabati bilan samimiy qutlovlar yo‘lladi. O‘z maktubida Narendra Modiga sihat-salomatlik, baxt-saodat va mas’uliyatli davlat lavozimidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, do‘st Hindiston xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tiladi.

Shavkat Mirziyoyev 15-sentabr kuni Nikaragua prezidentini Mustaqillik kuni bilan, 16-sentabr kuni Yosixide Sugani Yaponiya bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabriklagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют