» » Shavkat Mirziyoyev Yosixide Sugani Yaponiya bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Yosixide Sugani Yaponiya bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Yosixide Sugaga uning mamlakat bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, davlat rahbarining maktubida ikki tomonlama munosabatlarda yuksak darajaga erishilgani ta’kidlangan hamda O‘zbekiston—Yaponiya strategik sherikligi bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirilgan.

Avvalroq Yaponiya Liberal-demokratlar partiyasi yetakchisi Yosixide Suga mamlakat hukumatining yangi rahbari etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning oldingi bosh vaziri Sindzo Abe 28-avgust kuni iste’foga chiqishi to‘g‘risidagi qarorini ma’lum qilgandi. Abe yo‘g‘on ichak yallig‘lanishidan aziyat chekadi. Ushbu kasallik 2007-yilda ham uning iste’foga chiqishiga sabab bo‘lgan. Biroq keyinchalik u ahvolini o‘nglab, 2012-yilda yana bir bor bosh vazir etib saylangan edi. Yaqinda kasallik yana avj olgani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют