» » Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga hamdardlik bildirdi


Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti Ram Nath Kovind va bosh vazir Narendra Modiga xalqiga Panjob shtatining Amritsar shahrida yuz bergan temir yo‘l fojiasi munosabati bilan chuqur ta’ziya bildirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini izhor etdi, jarohatlanganlarga esa tez muddatlarda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

“RIA Novosti” agentligining ma’lum qilishicha, poyezdning temir yo‘l relslari ustida Dashaxra bayramini nishonlayotgan 700 ga yaqin kishining ustiga bostirib borishi oqibatida 61 kishi halok bo‘ldi, 70 dan ortiq kishi jarohatlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2018, 15:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют