» » Yuristlar malakasini oshirish markazida hududiy va masofaviy ta’lim shakllari ham qo‘llanilmoqda

Yuristlar malakasini oshirish markazida hududiy va masofaviy ta’lim shakllari ham qo‘llanilmoqda


Yuridik tizimida xalqaro standartlarni hisobga olgan holda adliya organlari va muassasalari xodimlari, advokatlar, notariuslar, yuriskonsultlar, patent vakillari, mediatorlar hamda boshqa soha mutaxassislarini, ya’ni yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha 2020-yil 8-sentabr kuni tegishli qaror qilingan. Mana shu qaror ijrosi yuzasidan 17-sentabr kuni AOKAda mutasaddilar bilan birgalikda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Qarorga muvofiq, Yuristlar malakasini oshirish markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda hududiy filiallari tashkil etiladi (yuridik shaxs tashkil etmagan holda). Mazkur filiallar asosan masofaviy ta’lim olish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, filialla Adliya vazirligining yuridik texnikumlari binolarida joylashtiriladi.

“Qabul qilingan nizomda kredit-modul tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, malaka oshirish tegishli o‘quv dasturini mustaqil o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi. Mazkur tizim malaka oshirishning belgilangan davriyligiga rioya qilingan holda o‘quv dasturi modullarini uzluksiz, mustaqil ravishda o‘zlashtirib borishni nazarda tutadi. Kasbiy ehtiyojlardan kelib chiqib kadrlar buyurtmachilari va xodimlarga malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash imkoniyati yaratildi. Hozirda markaz tomonidan bu amaliyot yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 9 ta davlat organlari va tashkilotlarining rahbar xodimlari onlayn tarzda qisqa muddatli malaka oshirish o‘quv kurslarida o‘qib kelmoqdalar. Mazkur kurslar shartnoma asosida ma’lum bir mavzu bo‘yicha 2 kun ichida o‘tib tugatiladi va o‘quv kurslarida qatnashgan tinglovchilar tegishli sertifikatlarni oladilar”, — dedi Yurstlar malakasini oshirish markazi direktori Anvar Raxmatov.

Ma’lumot uchun, o‘qitish davomiyligi qayta tayyorlash kurslarida 4 oy (576 soat)ni, malaka oshirish kurslarida esa 2 hafta (72 soat)ni tashkil etadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют