» » O‘zbekistonlik mutaxassislar Germaniya va Avstriyaning sud-huquq sohasidagi tajribasini o‘rganmoqda

O‘zbekistonlik mutaxassislar Germaniya va Avstriyaning sud-huquq sohasidagi tajribasini o‘rganmoqda


Oliy Majlis, Oliy sud, Yuristlar malakasini oshirish markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi 8—18-may kunlari Germaniya va Avstriyada bo‘lib turibdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Tanishuv tashrifining asosiy maqsadi sud tizimi ochiqligini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganishdan iborat.

Safar davomida delegatsiya Frankfurt-Mayndagi oliy mintaqaviy sud va nemis sudyalari assotsiatsiyasi, Trirdagi Germaniya sud akademiyasi, Karlsrue federal sudi, Bavariya oliy ma’muriy sudi, shuningdek, Avstriya adliya vazirligi, Oliy sudi va Vena sudi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda sudlar salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish, sud tizimi shaffofligini ta’minlash, E-SUD milliy elektron axborot tizimini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют