» » Spotify Apple’ning yangi yagona obunasi ustidan monopoliyaga qarshi kurashish organlariga shikoyat qildi

Spotify Apple’ning yangi yagona obunasi ustidan monopoliyaga qarshi kurashish organlariga shikoyat qildi


Spotify musiqiy servisi Apple One taqdimoti sabab kompaniyani raqobatbardosh bo‘lmagan xatti-harakatlarni amalga oshirishda aybladi. Spotify bayonoti The Verge nashrida e’lon qilingan.

“Apple o‘zining servislarga ustunlik berish, iste’molchilarni benasib qoldirish va raqobatchilarini noqulay ahvolga solib qo‘yishda yana bir bor o‘zining mavqei va adolatsiz amaliyotidan foydalanmoqda. Biz monopoliyaga qarshi kurashish organlarini Apple’ning raqobatbardosh bo‘lmagan xatti-harakatini cheklash bo‘yicha choralar ko‘rishga chaqiramiz. Agarda u e’tiborsiz qoldirilsa, ixtirochilar hamjamiyatiga tuzatib bo‘lmas ziyon yetkazadi va bizning eshitish, o‘qish, ijod hamda muloqot kabi umumiy ozodligimizga xavf tug‘diradi”, — deyiladi bayonotda.

Apple bunga kompaniya mijozlari oldingidek “Apple’ning har bir muqobil xizmatini ochishi va undan bahramand bo‘lishi mumkin” deya javob qaytargan. Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, obuna har bir foydalanuvchi barcha xizmatlarga tezda kirishi va vaqtni tejash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Apple 15-sentabr kuni o‘tkazilgan Apple One’ga obunani taqdim etdi. U kompaniyaning barcha obunalarini boshqarishga imkon beradi: Apple Music, Apple TV+, Apple Arcade va iCloud, shuningdek, Apple News+ va Apple Fitness+.

Spotify — musiqiy kompozitsiyalar, audiokitoblar va podkastlarni ko‘chirib olmasdan, qonuniy va bepul tinglash imkokonini beradigan audio oqimlarga mo‘ljallangan internet-servis hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2019-yilda AQShda striming servislari musiqa industriyasiga ilk bor daromadning 80 foizini keltirgan edi.

Mavzuga doir: Apple’ning hamyonbop “aqlli” soati — Watch SE taqdim etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют